Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

Ilmiy to'garak

  "Pedagogika va psixologiya" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh psixologlar" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun pedagogik, psixologik bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotda psixologiyaning ahamiyati bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.

  Tibbiy bilimlar va faoliyatning pedagogik va psixologik muammolariga, bo'limga qiziqqan barcha talabalar, to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.

  To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar v.b.dots O.X.Qosimova bugungi kunda 100 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi.

  To’garak sardori: Davlatova Durdona, Pediatriya fakulteti 3-bosqich talabasi, 20 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi.