×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  

  Yosh avlodga gʻamxoʻrlik qilish, sogʻlom, barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish oʻzbek xalqi milliy xarakterining xususiyatlaridan biridir. Shu sababli ma’naviy-ma’rifiy ishlar Pedagogika-psixologiya kafedrasi faoliyatining eng muhim yoʻnalishi hisoblanadi. Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Ushbu vazifani mas’ul oʻqituvchi G.A. Azgarova muvofiqlashtiradi va tashkil etadi.

  Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 26 mart kuni «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.

  Hujjat bilan quyidagilar ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan «Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari» gʻoyasini keng targʻib etish orqali jamiyatda sogʻlom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish;
  • oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash;
  • aholining Internet jahon aхborot tarmogʻidan foydalanish madaniyatini oshirish, gʻoyaviy va aхborot хurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish;
  • geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam oʻrganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa хatarli tahdidlarga qarshi samarali gʻoyaviy kurash olib borish hamda bu borada хalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
  • el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urugʻ-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish va boshqalar.

  Kafedrada Prezident asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib, barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma’naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida quyidagi ma’naviy va ma’rifiy ishlarni olib boradi

  • talabalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, talabalarning pedagogik va psixologik bilimlarini oshirish;
  • dunyoda va mamlakatda boʻlayotgan ijtimoiy, siyosiy va ijodiy voqealar toʻgʻrisida talabalarga oʻz vaqtida ma’lumot etkazib berish, talabalar oʻrtasida sogʻlom ma’naviy muhitni shakllantirish ;
  • oʻquv muassasasining yoʻnalishi va ixtisoslashuviga mos ravishda talabalarning boʻsh vaqtini tashkil etish, turli xil toʻgaraklarni tashkil etish.
         Bundan tashqari, kafedra xodimlari Universitet ichida va undan tashqarida koʻplab ma’rifiy ishlar bilan shugʻullanib, respublikamiz siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotining dolzarb masalalariga bagʻishlangan yigʻilishlar, seminarlar, davra suhbatlari faol tarzda oʻtkazilmoqda.

Kafedraning manaviy-marifiy faoliyati hayotidan fotoalbom...

  Qadriyatlar – har bir millatning ma’naviy qiyofasini namoyon etadi. Xalqimizning ming asrlik oʻtmishi, qadriyatlari va milliy madaniyatini aks ettiruvchi milliy liboslarimiz qadriyatlarimizning muhim qismi boʻlib, butun millatning ma’naviy qiyofasini oʻzida namoyon etadi, Mamlakatimizda milliy liboslar targʻibotini kuchaytirish, yosh avlod ongiga millat ruhiyatini singdirish, ular hayotiga oʻzbekona mentalitet me’yorlarini olib kirish hamda milliy liboslarga mehr uygʻotish maqsadida turli xil milliy liboslar festivali va shu koʻrinishdagi tadbirlarning tashkil etilayotganligi ham bejiz emas.


  Oʻzbek xalqining ardoqli shoiri Muhammad Yusuf tavallud kuni oldidan universitetimizda adabiy anjuman, xotira va she’riyat kechalari kabi tadbirlar boʻlib oʻtdi. Ayniqsa, 26-aprel – shoir tavallud topgan kunda oʻtkazilgan tadbirlar adabiyot bayramiga aylandi, Tadbirda shoir xotirasini qadrlash, she’riyatining oʻziga xos qirralari, hayoti, ijodini oʻrganish va targʻib etish xususida gapirildi. “Oʻzbekiston Xalq shoiri, marhum Muhammad Yusuf betakror she’rlari bilan yurtdoshlarimiz qalbidan chuqur joy olgan ijodkor edi. El-yurt muhabbati, hurmatiga sazovor boʻlish har bir ijodkorga ham nasib etavermaydi. Muhammad Yusuf adabiyotimizning ana shunday ehtirom va e’tirofga erisha olgan zabardast vakillaridan biridir.


  Har juma kuni mamlakatimizda “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanayotgani milliy qadriyatlarimizni yanada targʻib qilish, urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylashga xizmat qilmoqda. Ushbu tashabbus milliy liboslarning kundalik hayotimizdagi oʻrnini mustahkamlash, yosh avlod qalbida oʻzbekona iftixorni shakllantirishga qaratilgan. E’tiborlisi, ushbu kunda nafaqat xotin-qizlar, balki erkaklar ham milliy liboslarda ishtirok etib, qadriyatlarimizga hurmat bilan yondashayotganliklarini koʻrsatdilar. Erkaklarning doʻppi, chopon va belbogʻ bilan bezatilgan milliy kiyimlari oʻziga xos latofat bagʻishlab, milliy madaniyatimizning betakrorligini yana bir bor namoyon etdi. “Milliy liboslar kuni” nafaqat tashqi koʻrinish, balki milliy oʻzlikni anglash, tarixiy merosimizga hurmat bilan qarash va uni kelajak avlodga yetkazish kabi maqsadlarga ham xizmat qiladi. Shu bois, bunday tashabbus nafaqat davlat idoralarida, balki turli tashkilot va muassasalarda ham keng joriy etilishi maqsadga muvofiqdir.