Kafedramizda talabalar ilmiy jamiyati tashkil qilingan. Hozirgi kunda Klinik anatomiya kafedrasi Talabalar ilmiy jamiyatiga Davolash ishi, Stomatologiya, Pediatriya fakulteti talabalarining 2-3-kurs talabalari qatnashadi. To’garagimiz 50 dan ortiq talabalardan tashkil topgan. Talabalar ilmiy jamiyati boʼyicha masʼul assistent Zohidova S.H. talabalarga “Klinik anatomiya” fanining dolzarb mavzulari boʼyicha maʼruza va mahorat darslarini oʼtib kelmoqda.
" Klinik anatomiya " kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh ma'naviyatchilar" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun ijtimoiy-gumanitar bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning falsafiy, uslubiy va bioetik muammolari bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.
Tibbiy bilimlar va faoliyatning ijtimoiy-gumanitar muammolariga, bo'limga qiziqqan barcha talabalar, to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.
To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar o'qituvchi Zohidova S.H., bugungi kunda талабалар билан тинимсиз фаият либ бормоқда.


