Epidemiologiya kafedrasi talabalar ilmiy jamiyati(TIJ) "Yosh epidemiologlar" deb nomlanib talabalar ilmiy jamiyati azolari kafedra professor o’qituvchilariga biriktirilgan bo'lib, ular o'rtasida ustoz- shogird ananalari yaxshi shakllantirilgan. talabalar ilmiy jamiyati ma’suli stajiyor assistent Qobilov N.N. bo'lib xisoblanadi. Kafedra talabalar ilmiy jamiyati ishchi rejasi kafedra mudiri va masullar tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, talabalar ilmiy jamiyati faoliyati ushbu ishlab chiqilgan reja bo'yicha olib boriladi. Kafedra talabalar ilmiy jamiyati azolari yig’ilishlarini oyda 2 marta haftaning chorshanba kunlarida kafedra o’quv xonalarida olib boriladi. O'tkazilgan yig’ilishlar bayonnoma tarzida rasmiylashtirilib boriladi.
Kafedrada o'tkazilgan yig’ilishlarda ustozlar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlarini tanlash, ilmiy izlanish jarayonida kerakli bo'lgan birlamchi xujjatlarni to'plash, ularni qayd qilish, yuritish haqida tushunchalar berib borish barobarida talabalarning oratorlik qobiliyatini rivojlantirish maqsadida o'z ilmiy ishlariga doir mavzularda prezentasiyalar tahlanib, ularning tahlillari ham olib borilmoqda.
Kafedra mudiri va masullar tomonidan Samarqand Davlat tibbiyot universiteti iqtidorli talabalariga biriktirilgan kafedra xodimlarining ilmiy ish mavzulari shakllantirilgan bo'lib talabalar ilmiy ishlari bo'yicha tezislar, maqolalar tayyorlab borishmoqda. Talabalar ilmiy jamiyati azolari hozirgacha o'tkazilgan mahalliy, xalqaro olimpiadalar, konfrentsiyalarda qatnashib ijobiy natijalar ko'rsatib kelishmoqda.
Ulashish