Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

  Kafedraning barcha xodimlari kafedra va universitet ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Hozirgi kunda 3 nafar xodim mustaqil izlanuvchilarimiz Raximova D.J., Gaffarova G.N., M.B. Mallayevalar nomzodlik (PHD) ni yoqlab olishdi.

  So'nggi 3 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 100 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan 2 ta darslik, 6 ta o'quv qo'llanma, 3 ta monografiya, 9 ta elektron dastur, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 100 dan ortiq maqolalar.

  Kafedra hodimlari tomonidan chop etilgan o'quv qo'llanmalar

№MualliflarChop etilgan qollanmaning nomi
1Tuxtarov B.E.,
Baratova R.Sh., Utamurodova N.A., Radjabov Z.N.
NUTRITSIOLOGIYA
(o’quv qo’llanma)
2Tuxtarov B. E.,
Naimova Z.S.,
Raximova D.J.
Utamuradova N.A.,
Muxammadieva Z.F
Mallayva M.M.
PRACTICAL SKILLS ON THESUBJEC OF HYGIENE. MEDICAL EKOLOGY
3Tuxtarov B. E., Radjabov Z. N., Baratova R. S
Sidikova M.A
Sirojiva N.A
MEHNAT GIGIENASI
4Tuxtarov B. E.,
Utamuradova N.A.,
Naimova Z.S.,
Baratova R.Sh Radjabov Z. N.,
Davolash, pediatriya, tibbiy profilaktika yo’nalishi talabalari uchun “Gigiena. Tibbiy ekologiya” fani laboratoriya ishlari bo’yicha praktikum
5Raximova D.J.Healthy Food and its Role in Preserving Health
6Тухтаров Б. Э.,
Наимова З.С.,
Курбанова Х.А.
Практические навыки по предмету Гигиена. Медицинская экология.

  Umumiy gigiena va ekologiya kafedrasining ilmiy-tadqiqot ishlari bo'yicha asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Gigiena sohasidagi dolzarb muammolarni o'rganish va ularning yechimiga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish.
  • Atrof-muhit omillarining inson salomatligiga ta'sirini baholash hamda ularni yaxshilash bo'yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish.
  • Kasalliklarning oldini olish (profilaktika) bo'yicha ilmiy asoslangan usullarni ishlab chiqish va takomillashtirish.
  • Sanitariya-gigiyena me'yorlari va qoidalarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etishda ishtirok etish.
  • Talabalar, magistrantlar va doktorantlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, ularning ilmiy ishlariga rahbarlik qilish.
  • Ilmiy maqolalar, monografiyalar, o'quv qo'llanmalar va metodik tavsiyalar tayyorlash hamda nashr ettirish.
  • Ilmiy konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlarda ishtirok etish va ularni tashkil etish.
  • Sog'liqni saqlash muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy tadqiqotlar o'tkazish va natijalarni amaliyotga tatbiq etish.
  • Zamonaviy laboratoriya va epidemiologik tadqiqot usullarini joriy etish hamda ilmiy salohiyatni oshirish.
  • Davlat va xalqaro ilmiy grantlar, loyihalarda ishtirok etish, innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish.

  Ushbu vazifalar Umumiy gigiena va ekologiya kafedrasining ilmiy salohiyatini oshirish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash va sog'lom turmush tarzini rivojlantirishga xizmat qiladi.