×
Menu
Close Menu

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

  Kafedra faoliyat yuritgan kafedra xodimlari tomonidan yillar davomida ko’plab ilmiy ishlar chop etilgan.  Jumladan: «Meditsinskaya parazitologiya» 1945y. Moskva. Darslik. E.N.Pavlovskiy   «Exinokokkoz  i bor’ba s nim», M,1973, V.M. Sadiqov  «Larval’nie teniidozi cheloveka i jivotnix», «Larval’nie teniidozi cheloveka i karakul’skix ovets» nomli darslik va o’quv qo’llanmalar  chop etilgan. 1946 yil parazitologiya bo`yicha Butun Ittifoq kongressida, Frantsiyaning Parij shaxrida, E.N.Pavlovskiy ma`ruza qilgan. Moskva Xalqaro gomeopatik konferentsiyasida 2007-2008 yillarda Professor V.M Sadiqov, dots. SH.M.Muxitdinov, katta o`qituvchi A.M.Vaxidovalar ma`ruza qilganlar. 

  Muxitdinov SH.M. va boshqa mualliflar tomonidan “Bentotent – mikroelementlar manbai sifatida” mavzusida  Patent (Registratsionniy nomer DGU 20201728Kod otslejivaniya DGU61917 Data postupleniya dokumenta 12.09.2024) ishlab chiqildi.

  Kafedra yosh o`qituvchilari: 2023-2024 yillarda Djumanova N.E, Islamova Z.B., Matkarimova G.M., Ismoilov K.T. PhD darajasini olish uchun ilmiy ishlarini tasdiqlatib, ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Jumladan Ismoilov K.T. “Ekologik va fiziologik omillarning sur qorako’l qo’zilarining hayotchanligi hamda mahsuldorligiga ta’siri” mavzusi ustida mustaqil tadqiqotchi sifatida falsafa doktorligi (PhD,03.00.08) bo’yicha ilmiy izlanish olib boryapti. Mavzu OAK blyutenida e’lon qilingan. Islamova Z.B. Biebersteinia multifidaning morfobilogik xususiyatlari” mavzusi ustida mustaqil tadqiqotchi sifatida falsafa doktorligi (PhD) bo’yicha ilmiy izlanish olib boryapti.

  So'nggi 5 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 400 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan 6 ta o'quv qo'llanma, 6 ta monografiya, 12 ta elektron dastur, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 200 dan ortiq maqolalar.

  2023-2024 yillarda ilmiy tadqiqot ishlar bo’yicha Scopus i Web of Science:  6 ta, Xorijda chop qilingan maqolalar: 30 ta, Respublika chop qilingan maqolalar: 40 ta, Xorijda chop qilingan tezislar: 8 ta, Respublika chop qilingan tezislar: 40 tani tashkil etadi.

Mualliflik huquqi bilan himoya qilingan turli materiallar

«Web of Science», «Scopus» Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi ro’yxatiga kiritilgan jurnallarda va mahalliy ilmiy jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar.