×
Menu
Close Menu

Xalqaro hamkorlik

  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti internatsionalistik vazifalari institut rivojlanish Kontsepsiyasiga asoslanib, xalqaro taʼlim kenglikda oʼz oʼrnini mustahkamlashga yunaltirgan. Internatsionalizatsiyaning asosiy ustunliklari chet eldan kelgan oʼquvchilarning sonini koʼpaytirish, chet davlatdagi oliy oʼquv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan qoʼshma loyihalarni rivojlantirish, chet eldagi oʼquv yurtlarida dars beruvchi tadqiqotchilar va oʼqituvchilar sonini oshirish, ikkita diplom berish imkonini yaratadigan chet eldagi oliy oʼquv yurtlari bilan qoʼshma dasturlarni sonini oshirishdadir.

  “O‘zbek tili va adabiyoti rus tili” kafedrasi va I.N.Ulyanov nomidagi Chuvash davlat universiteti rus tili chet tili sifatida kafedrasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi doirasida festivalda faol ishtirok etishdi.


 O‘zbekiston Respublikasida rus tili va madaniyati festivali xalqaro hamkorlikni rivojlantirish – rus tilini targ‘ib qilish, uni asrab-avaylash va rivojlantirish doirasida tashkil etilmoqda. 2022 yil 12-19 may kunlari I.N.Ulyanov nomidagi Chuvash davlat universiteti professor-o'qituvchilari va "Russkiy mir" jamg'armasi ko'magida bir qator tadbirlar o'tkazildi. O'qituvchilar uchun "Russhunoslar kuni" ilmiy-metodik seminari, mahorat darsi, davra suhbati, interaktiv ma'ruza, olimpiada, adabiy va lingvistik viktorina, kitoblar ko'rgazmasi, kitobxonlar tanlovi, milliy liboslar fotoko'rgazmasi, teatr miniatyuralari tanlovi va multimedia taqdimoti shaklida Rossiyaga virtual sayohat bo'lib o'tdi.

  SamDTU “O‘zbek tili va adabiyoti, rus tili bilan” kafedrasi va Chuvash davlat universitetining “Rus tili chet tili sifatidagi” kafedrasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida akademik harakatchanlik to‘g‘risidagi shartnomaga asosan, qisqa va o'rta muddatli dasturlari bo'yicha qo'shma ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda, o'qituvchilar o'zlarining shaxsiy tajribalaridan rus tilini chet tili sifatida o'qitish usullari bilan o'rtoqlashadilar.

  Kafedralar o‘rtasida ilmiy konferensiyalar, seminarlar, mahorat saboqlari va treninglarda o‘zaro asosda ishtirok etish, nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirish bo‘yicha muntazam tajriba almashish, ilg‘or ta’lim texnologiyalaridan samaraliroq foydalanishga ko‘maklashish va kafedralar o‘rtasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xalqaro rus tili festivali rossiyalik mutaxassislarning talabalari va o‘qituvchilari uchun o‘quv va ijodiy platforma bo‘lib, u til bilimlarini oshirish va ijodiy testlarda o‘z iste’dodini namoyon etish imkonini beradi.

  Har yili hamkorlik muloqotlarni oʼrnatish, oʼqish, mahoratni oshirish, ilmiy anjumanlarda qatnashish maqsadida SamDTU-ga tashrif buyuradigan chet eldagi yuqori malakali mutaxasiss, professor, talaba va tadqiqotchilar soni oshib bormoqda. SamDTU butun dunyo taʼlim va fan markazlari, universitetlari, jamoat tashkilotlari bilan aloqa tuzishga tayyor va universitet eshiklari hamma chet eldagi abituriyent, talaba, izlanuvchi va oʼqituvchilari uchun ochiq.

  Hamkorlik jug’rofiyasi: Kafedraning yaqin va uzoq chet el davlatlardagi 5-taoliy o‘quv yurtlari bilan aloqa va hamkorlik muloqatlari mavjud.