×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  O‘zbek tili va adabiyoti rus tili bilan  kafedrasining asosiy ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlariga quyidagilar kiradi:

- axloqiy-tarbiyaviy ishlar, jumladan, SamDTU’ning ijobiy an’analarini yaratish va saqlab qolish, avlodlar o‘rtasidagi uzviy aloqani mustahkamlash, xayriya aksiyalari hamda boshqa muhim tadbirlarda qatnashish;

- vatanparvarlik tarbiyasi (O‘zbekistonning tarixiy sanalari va muhim voqealariga bag‘ishlangan tadbirlar);

- til madaniyatini rivojlantirish (talabalar og‘zaki va yozma nutqda o‘z fikrlarini aniq va ravon ifoda etishga, bahs-munozarani savodli olib borishga o‘rgatiladigan qo‘llanmalar chop etilgan). «Rus tili», «Kasbiy faoliyatda o‘zbek tili» kurslari doirasida talabalar maqollar, aforizmlar va insoniy hamda kasbiy tajribani ifodalovchi iboralarni o‘rganadilar, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z ustida ishlash va faol hayotiy pozitsiya shakllantirish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.

  O‘zbek tili va adabiyoti rus tili bilan kafedrasida “Ma’naviy-ma’rifiy soat” har payshanba kuni o‘tkaziladi va bu ishlarni assistent Norkulova Shahlo muvofiqlashtiradi. Kafedra xodimlari universitetimiz tomonidan tashkil etilayotgan barcha tadbirlarda faol ishtirok etadilar. Yosh avlodga g‘amxo‘rlik qilish, sog‘lom, har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash – o‘zbek xalqining milliy xarakteridagi asosiy fazilatlardan biridir. Shu bois, ma’naviy-ma’rifiy ishlar kafedra faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar kafedrada har yili tasdiqlanadigan rejaga asosan olib boriladi.

  Kafedra SamDTU qoshidagi tibbiyot texnikumlari va akademik litseylar bilan faol hamkorlik qiladi, birgalikda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar olib boriladi.2025-yil 9-aprel kuni Suzangaron tibbiyot texnikumida kafedra xodimlari tomonidan “Sohibqiron Amir Temur – buyuk davlat arbobi, yuksak ma’naviyat sohibi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir buyuk sarkarda Amir Temurning tug‘ilganiga 689 yil to‘lishiga bag‘ishlandi. Unda uning siyosiy va ijtimoiy faoliyati, Temuriylar davridagi davlat boshqaruvi, ilm-fan, ta’lim va madaniyat taraqqiyoti hamda ushbu davrning o‘zbek milliy davlatchiligi rivojlanishidagi ahamiyati yoritildi.

  SamDTU qoshidagi akademik litseyida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi nishonlandi. 2025-yil 7-fevral kuni kafedra xodimlari va shoir ijodiga qiziqqan talabalar “Navoiy o‘qishlari” nomli badiiy-adabiy kechada faol ishtirok etdilar. Tadbir litseyning majlislar zalida o‘tkazildi.

  Talabalar ijodini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, turli oliygoh talabalari o‘rtasida madaniy almashinuvni kuchaytirish, madaniy muloqotni yo‘lga qo‘yish orqali xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida kafedra xodimlari talabalarni ijodiy tanlov va festivallarga tayyorlash ishlarini faol olib boradilar. 2025-yil aprel oyida Ijevsk Davlat Tibbiyot Akademiyasida bo‘lib o‘tgan I-Xalqaro ijodiy “Talabalar bahori” nomli festivalda  pediatriya fakulteti 101-guruh talabalari, kafedra mudiri dotsent Sh.O. Jamaldinova rahbarligida, estrada qo‘shig‘i (vokal yo‘nalishi) bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

  Kafedrada vaqti-vaqti bilan muhim sanalarga, shoir va yozuvchilarning hayoti hamda ijodiga bag‘ishlangan she’riy kechalar tashkil etib boriladi.

  2025-yil 22-aprel kuni o‘zbek tili va adabiyotirus tili bilankafedra xodimlari “Kitobxonlar bellashuvi” tanlovini tashkil etdilar. Tadbir “Xalqaro kitob va mualliflik huquqi kuni” munosabati bilan o‘tkazildi. Unda talabalar tomonidan Said Ahmadning “Kelinlarqo’zg’oloni” asaridan parcha ham sahnalashtirildi.


  Kafedra professor-o‘qituvchilari talabalar bilan quyidagi yo‘nalishlarda ish olib boradilar:

  • Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda Prezident Sh.M. Mirziyoyev chiqishlari bilan tanishtirish, barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borish.
  • O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va rivojlantirish.
  • Talabalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish falsafasini rivojlantirish.
  • Talabalarning siyosiy va huquqiy madaniyatini oshirish.
  • Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, o‘quv muassasasi yo‘nalishi va mutaxassisligiga mos turli to‘garaklarda ishtirokini ta’minlash.