Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Xalqaro hamkorlik

    Samarqand Davlat tibbiyot universiteti “Fizika, biofizika va tibbiy fizika” kafedrasi internatsionalistik vazifalari universitet rivojlanishi Konsepsiyasiga asoslanib, xalqaro ta’lim kenglikda o‘z o‘rnini mustaxkamlashga qaratilgan. Uning asosiy ustunliklari chet davlatdagi oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari, bilan aloqani rivojlantirish, chet eldagi oliy o‘quv yurtlarida dars beruvchi o‘qituvchilar sonini oshirishdadir.

    Yosh o‘qituvchilarni Xorijiy va Rossiyaning yetakchi universitetlari ilmiy markazlarida qisqa muddatli (semestr) stajirovka o‘tishlari uchun akademik mobillik dasturi bo‘yicha, til tayyorgarligini inobatga olgan xoldayetakchixorijiy universitetlari va ta’lim markazlariga malaka oshirish, stajirovka o‘tash va doktoranturada o‘qish uchun tanlab olingan. Kafedra o‘qituvchilari Rossiya, Ijevsk tibbiyot akademiyasi professor-o‘qituvchilari bilan xamkorlikda ilmiy ish olib borishmoqda.

    Har yili hamkorlik muloqotlarini oʼrnatish, oʼqish, mahoratni oshirish, ilmiy anjumanlarda qatnashish maqsadida SamDTU-ga tashrif buyuradigan chet eldagi yuqori malakali mutaxasiss, professor, talaba va tadqiqotchilar soni oshib bormoqda.

    SamDTU butun dunyo taʼlim va fan markazlari, universitetlari, jamoat tashkilotlari bilan xamkorlik qilishga tayyor va universitet eshiklari hamma chet eldagi abiturient, talaba, ilmiy izlanuvchi va oʼqituvchilari uchun ochiq.

    Hamkorlik jugrofiyasi: Kafedra yaqin va uzoq chet el davlatlari oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa va hamkorlik muloqatlari mavjud. Jumladan:

  •  Rossiya, Ijevsk tibbiyot Akademiyasi
  •  Rossiya, UFA tibbiyot universiteti
  •  Rossiya, Udmurtdavlat universiteti