Samarqand davlat tibbiyot universitetining travmatologiya va ortopediya kafedrasi 1964 yil 2-son shahar birlashgan shifoxonasi bazasida tashkil etilgan bo’lib, o’sha vaqtdan boshlab shifoxona travmatologiya shifoxonasiga aylantirilgan edi. 1964 yil kafedra mudiri lavozimida, kafedra tashkilotchisi tibbiyot fanlari doktori, professor P.N.Karlenko tayinlangan. P.N.Karlenko 1953 yilda «Chanoqning o’q otar qurollardan osteomieliti» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 50 dan ortiq ilmiy ishlari chop etgan, 2 ta tibbiyot fanlari nomzodi tayyorlangan.
1965-1973 yillar kafedraga tibbiyot fanlari doktori, professor P.Z. Zavesa mudirlik qildi. Pavel Zinovvevich 1941 yil Rostov Meditsina institutini tugatgan. Ulug` Vatan urushi qatnashchisi. 1969 yil «Tizza bo’g`imining deformatsiyali artrozi» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U kishi va shogirdlari (t.f.n. S.SH.Abdushukurov, t.f.n. G.L.Shlyonskiy, t.f.n. D.G. Ilyasov, t.f.n.dots. S.Yu.Ibragimov) ilmiy ishlari bo’g`imlarda degenerativ-distrofik kasalliklar, travmalarda biokimyoviy o’zgarishlar, tibbiy kislorod qo’llashga bag`ishlandi. 4 ta tibbiyot fanlari nomzodi tayyorlagan. 60 dan ortiq ilmiy ishlar va bir monografiya muallifi.
Professor P.Z. Zavesa mudirlik yillari (1965-1973 yillar) kafedra jamoasi.
O’sha yillar kafedrada dotsent Yu.Ya. Shvabe, ass.t.f.n. S.Sh. Abdushukurov, ass. t.f.n. D.G.Ilyasov, ass.X.R.Karimova,aspirant S.Yu.Ibragimov, klinik ordinator P.O’rinboyevishlar edi.
1973-1982 yillar kafedrada mudiri lavozimida dotsent Yu.Ya. Shvabe ishladi. Dotsent Yu.Ya.Shvabe sil spondiliti bilan og`rigan bemorlar organizmida vegeto-distonik, modda almashinuvi, patologik o’zgarishlar masalalari, shuningdek, tizza bo’g`imi sohasi siniqlarini davolash savollari yoritiladi. 30 dan ortiq ilmiy ish, 3 ta tibbiyot fanlari nomzodi tayyorladi. Shu davrda 1977 yil kafedraga Harbiy dala jarrohligi kursi biriktirildi. Dots. A.Z.Vaxidov, t.f.n. B.N. Negmatullayev, t.f.n. A.Ya. Foygelman, t.f.n. S.A. Abdullayevlar kafedra tarkibida ishladilar.
Professor Tilyakov B.T. 1982-1996 yillar mudirlik qildi. 1972 yil «Tirsak nervi jarohatlarni tashxislash va davolash» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1983 yil Moskva akademigi M.V.Volkov rahbarligida MTOITIda «Tirsak bo’g`imining eskirgan shikastlarini sharnirli - distraktsion apparatlar qo’llab kompleks davolash» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
O’sha yillar kafedra tarkibi t.f.n. J,X.Xushvaqov, ass. V.R. Farxadi, t.f.n. P.O’rinboyev, t.f.n. Sh.X. To’raqulov, t.f.n. L.Yu Shvabe, ass. N.F.Eranovlar hisobiga kengaydi.
Kattalar ortopediyasi bo’limida yirik bo’g`imlarni endoprotezlash, tizza va tirsak bo’g`imlarini postravmatik kontrakturalarini apparat-jarrohlik usulida davolash muolajalari bilan shug`ullanadilar. 150 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan, 10 ortiq o’quv-uslubiy qo’llanmalar, 6 ta ixtiro 1 ta monografiya muallifi. U kishining rahbarligida 5 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan.
Kafedra mudiri professor O’rinboyev Payzulla O’rinboyevich. 1996-2016 yillar kafedra mudiri, meditsina fanlari doktori, professor, 1972 yili SamDTU ni tamomlagan. 1977 yil Moskva shahrida TSITO da «Bolalarda yelka suyagi do’mboqchalarining bitmagan sinishlarini davolash» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi, 1995 yili Toshkent shahrida «Bolalarda yelka suyagi distal oxirining siniqlarini davolash» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
180ta ilmiy ishi chop etilgan, 1ta monografiya 15 ta o’quv-uslubiy qo’llanma, 5ta ixtiro uchun patent olgan, 24 ratsional taklif kiritgan. 2 ta tibbiyot fanlari nomzodi tayyorlangan.
Universitetning jamoat ishlarida aktiv qatnashadi. 1992-1993 yillar qabul komissiyasida ishladi, universitet ilmiy kengashi kotibi (1996-2004 yillar), xirurgiya muammolari komissiyasi tarmoq uslubiy komissiya a`zosi, «Vestnik vracha obshey praktiki» jurnalining tahririyati kengashi a`zosi, 3 ta aspirant va 3 ta ilmiy izlanuvchi – doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari ishlarining ilmiy rahbari. P.U. O’rinboyev rahbarligida 2 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan.
1996 yildan buyon O’zbekiston Ilmiy Tadqiqot travmatologiya ortopediya instituti qoshidagi D 0870701 Ixtisoslashgan Kengash a`zosi, faol ishtirokchisi. O’rinboyev P.O’. yuqori malakali vrach travmatolog ortoped-xirurg. Rahbarligida Viloyat ortopediya, shikastlanish oqibatlari shifoxonasida (bosh vrach M.R.Salimov) profilaktika, diagnostika, davolash ishlari ilmiy asoslanganligi nazorat qilinib, zamonaviy ilg`or yo’nalishlari ko’rsatib boriladi. Davolash, pediatriya, tibbiy pedagogika fakultetlari talabalariga ma`ruza o’qiydi. Kafedrada har yili 7-10 ta klinik ordinator mutaxassislik bo’yicha tayyorlanadi. Shu yillarda magistratura bo’yicha 32 ta rezident tahsil olayapti.
2009 yilda kafedrada 2 ta professor: prof P.O’.O’rinboyev., prof. B.T.Tilyakov, 2 ta dotsent –dots.S.Yu. Ibragimov, dots. A.A. Axtamov tibbiyot fanlari nomzodlari: ass.N.U.Yusupova., ass. B.T.To’rayev., ass. Sh.O. Sandiboyev (o’quv ishlariga mas`ul); assistentlar: N.F.Eranov, R.Dj.Ishkobilov, U.S.Ibragimov, U.K.Muradov, A.M. Maxmurovlar pedagogik faoliyat bilan mashg`ullar.
Dotsent: Pardayev Saidqosim Norqulovich 2016-2021 yillar kafedra mudiri lavozimida ishlagan. 1964 yil 3 oktyabr Samarqand viloyati, Bulung`ur tuman Cho’yantepa qishlog`ida tug`ilgan. 1987 yil Samarqand Tibbiyot institutini tugatgan. 1988-1994 yillar Samarqand viloyati Bulung`ur tumani Markaziy shifoxonasida vrach-travmatolog bo’lib ishlagan. 1994-1996 yillar Samarqand tibbiyot Institutining travmatologiya va ortopediya kafedrasida klinik ordinaturasida tahsil olgan. 1996 yildan viloyat travmatologiya va ortopediya shifoxonasi «Umurtqa jarrohligi» bo’limi boshlig`i vazifasida ishlab kelmoqda. 2000 yilda «Лечение компрессионных неусложненных переломов грудо-поясничного отдела позвоночника устройством автора» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2016-2021 yillar travmatologiya va ortopediya kafedrasi mudiri. 70 dan ortiq ilmiy ishlar, 2 ta ixtiro muallifi.
Dotsent: Ibragimov Sadulla Yusupovich 1944 yil 6 avgust sanasida Xorazm viloyati, Xiva tumani, Soyot maxallasida, ziyolilar oilasida tugʻilgan. 1961-1967 yillarda Samarqand davlat tibbiyot instituti, davolash fakulteti bakalavriatni tamomlagan.1967-1969 yillarda Samarqand davlat tibbiyot instituti, travmatologiya va ortopediya kafedrasi klinik ordinaturani oʻtagan.1969-1972 yillarda Samarqand davlat tibbiyot instituti, travmatologiya va ortopediya kafedrasi aspiranti.1972-1987 yillarda Samarqand davlat tibbiyot instituti, travmatologiya va ortopediya kafedrasi assistenti.1987-2022 yillarda Samarqand davlat tibbiyot instituti, travmatologiya va ortopediya kafedrasi dosenti lavozimida ishlab kelgan.Sadulla Yusupovich 1974 yil Moskva shahrida “Tizza bo’gʻimi jaroxatlarida (gemartroz) bo’gʻim ichi oksigenoterapiyasi” mavzusida nomzodlik dissertasiyasini yoqlagan.1982-2014 yillarda Samarqand viloyati travmatologiya va ortopediya shifoxonasi, Bolalar ortopediyasi boʻlimi mudiri sifatida ham faoliyat yuritib, Respublikada bolalar ortopediyasi rivojiga katta xissa qoʻshgan.Oʻzining koʻp yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida travmatologiyaning dolzarb muammolariga bagʻishlangan 300 dan ortiq maqola va tezislar, 20 ga yaqin uslubiy tavsiyanomalar, 15 ta rasionalizatorlik takliflari ishlab chiqilgan.
Ulashish