Ilmiy to'garak
“AVITSЕNA” ilmiy to‘garagiga 2025-2026 o‘quv yilida 28 nafar talaba a’zo qilib olingan va ularning barchasi doimiy ravishda kafedrada o‘tkaziladigan to‘garakda faol qatnashib kelmoqda. Har bir talaba kafedra o‘qituvchilariga biriktirilgan va «ustoz-shogird» an’analariga muvofiq ilmiy izlanishlarda faol qatnashib kelmoqda. O‘quv yili davomida kafedrada jami 14 ta tugaraklar o‘tkazildi.


To‘garaklarda o‘qituvchilar tomonidan ilmiy to‘garakga a’zo talabalarga ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borish, birlamchi hujjatlarni to‘plash, ularni qayd qilish va yuritish tartibi haqida malumotlar berildi. Ilmiy maqola va tezis tayyorlash, ularning turlari, tarkibiy qismlari, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash qoidalari, materiallarni yig‘ish va ularni ustida ishlash uslublari, tadqiqotning natijalari va muhokamasi, ularni chop etish tartib qoidalari to‘g‘risida master-klasslar o‘tkazildi. Shuningdek, to‘garak qatnashchilari bo‘limlarda turli bemorlarni davolash jarayonlarid faol ishtirok etishdi. Bundan tashqari to‘garaklarda talabalar turli ilmiy mavzularda doklad bilan chiqishlar qilishib, amaliy ko‘nikmalar bilan mustaqil shug‘ullanishdi.

05-06.12.2025 yil kuni SamDTU tomonidan tashkil etilgan tibbiyot talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan VI xalqaro “Samarqand 2020” olimpiadasida tugarak ishtirokchilarimiz faol qatnashib faxrli o‘rinlarni egallashdi. To‘garak azolari Gouri Mohammed Shifan 1- o‘rin, Ashirov Farrux 1- o‘rin, Xudoyberdiyev Otabek 2- o‘rin, Quvondiqov Mirjamol 3- o‘rin, Raxmonova Xumora 2- o‘rin, Dusmamatov Bexruz 2- o‘rin, va bir nechta nominatsiyalarni ko‘lga kiritishdi. Buxoro Davlat tibbiyot institutida o‘tkazilgan olimpiadasida Dusmamatov Bexruz, Normaxmatov Maxmud va Usmonov Zafarlar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Travmatologiya va ortopediya kafedrasi nomidan qatnashib naminatsiyalar bilan taqdirlandilar.



To‘garakga azo talabalar SamDTU 80- "Fundamental, amaliy tibbiyot va farmatsiya yutuqlari" konferensiyasida jami 7 ta tezis chop etishdi. To‘garakga azo talabalar ilmiy tadqiqot mavzulari bo‘yicha doklad qilishdi va faxrli urinlarni qo‘lga kiritishdi. Jamoliddinov Sherali 3- o‘rin, Abdumutalibov Raxmatillo, Raxmonov Umar va Dusmamatov Bexruzlar diplamlar bilan taqdirlanishdi.
Travmatologiya va ortopediya kafedrasi 10.12.2025 yil kuni I.I. Mechnikov nomidagi Shimoli-janubiy davlat tibbiyot universiteti, travmatologiya, ortopediya va XDJ kafedrasi talabalar ilmiy jamiyati bilan integratsiyalashgan yig‘ilish utkazildi.
2025-2026 o‘quv yili davomida kafedramiz iqtidorli talabalari ustozlari bilan birga mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallarda jami 29 ta maqola chop etishdi. Shuningdek, 7 ta ilmiy tezislar Respublika konferensiyalari to‘plamlarida nashr ettirildi.