Haftaning har payshanba kuni kafedraning professor o’qituvchilari magistrantlari,klinik ordinatorlari va dars o’tilayotgan fakultet talabalari bilan axborot soati mavzusida ma’ruza o’tkazilyapti (Ma’sul N.F.Eranov)
Travmatologiya va ortopediya kafedrasi xodimlari tomonidan SamDTU 1-son talabalar turar joyida ,talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida sport musobaqalari va xayriya oshi tashkil qilindi.
Rektorning buyrug'i: 22.11.2023 yil 861A/F asosida quyidagilar bajarildi. Universiteti fakultetlarining 6-kurs talabalari uchun „Ustoz-shogird" tizimini joriy etish to'g'risida, buyrug'iga asosan ustoz-shogird yo'nalishi bo'yicha ish rejasi tuzildi va kafedra xodimlari o'rtasida muhokama qilindi.
Kafedramiz biriktirilgan 620,621,622-guruh talabalari bilan 07.09.2024 yilda men Eranov N.F. boshchiligida kafedra xodimlari Gafurov F.A., Axtamov A.A., Jalilov X.M. talabalari bilan uchrashib, o'qishlari, yashash sharoitlari, tartib intizomlari haqida ma’lumot oldik. Rejada 1-2-3 va 4 masalalari bo'yicha rejadagi belgilangan ishlar bajarildi. 4 ta assistentga talabalarni ustoz-shogirdlik biriktirdik. Ish rejasi bor, fakultet dekani dots.S.A.Karabayev tomonidan tasdiqlangan. Talabalar bilan uchrashganda, Ilmiy to'garaklarga a'zo bo’lishi, konfrensiyalar va fan olimpiadalariga qatnashishlari zarur ekanligini tushuntirdik. 620-guruh talabasi Ibragimov Umidbek va To’raqulov Jamshid travmatologiya va ortopediya kafedrasida ilmiy to'garakga qatnashmoqdalar. Ustozi PhD assistent F.A.G'ofurov. Bozorova Husniya diagnostika bo'yicha TIT a'zosi ustozi PhD dotsent Sh.N.Eranov. Suyunov Boburva To'ychiyeva Nargiza reanimatsiya kafedrasida TIT a'zosi ass. X.M.Jalilov. Nomozboyeva Mohichehra va Boyaliyev Abdugodir rentgen-radiologiya kafedrasi TIJ a'zosi ustozi PhD dotsent F.l.Xolxojayev. Qurbonov Bobonazar va Mannonov Shahzod pediateriya kafedrasida TIT a'zosi ustozi PhD ass. A.A.Axtamov.
Talabalar haqida to'liq ma’lumotlar olindi va uchrashuvda foto-suratlarini olib albomga yopishtirdik.
Har 2-3 kunda telefonlashib turibmiz va tibbiyot fanlariga qiziqtirib suhbatlar o'tkazmoqdamiz. Talabalar ustozlar haqida qiziqarli ma'lumotlar berib bormoqda. "Ustoz mehriga payvand qalblar" kitobini yozgan patologik anatomiya kafedrasi dotsenti T.J.Eshqobilov, ustoz proff. M.A.Ahmedov haqida, „Ustoz va shogird" M.U.Qo'yliyevning kitobidan foydalanib ibratli misollar bilan talabalarning g’ururini ustoz-shogird masalalarini yoritmoqdamiz.
Ulashish