Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari
Travmatologiya va ortopediya kafedrasi Respublika Ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarkand filiali tarkibidagi quyidagi bo‘limlari mavjud:
I- O‘tkir shikastlanishlar -40 o‘rinli;
II- O‘tkir shikastlanishlar -30 o‘rinli
III-Kattalar ortopediyasi -55 o‘rinli.
IV-Yirik bo‘g‘imlar ortopediyasi-20 o‘rinli.
V- Umurtka pogonasi shikasti-20 o‘rinli;
VI- Yiringli ortopedik kasalliklar – 20 o‘rinli;
VII- Bolalar O‘tkir shikastlanishlar-20 o‘rinli;
VIII- Yuz-jag‘ jarroxligi neyrotravma-20 o‘rinli;
IX- Tibbiy turezim va reabilitatsiya-20 o‘rinli;
6 o‘rinli anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi.
Hammasi bo‘lib travmatologiya va ortopediya yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinlar soni 260 ta. Keltirilgan o‘rinlar sonidan ko‘rinib turibdiki kafedraning klinik bazasi 3-4 kurs talabalarini o‘qitish va Travmatologiya va ortopediya yo‘nalishi bo‘yicha magistrlar tayyorlash uchun hozirgi zamon talabiga javob beradi. Bundan tashkari RITOIATMSF ning maslahat poliklinikasi, rentgen bo‘limlaridan iborat. Kafedrada 11 ta o‘quv xonasi va 1 ta ma’ruza zali mavjud. Kursning umumiy egallagan o‘rni 340 kv.m. ni tashkil kiladi. Hozirgi kunda kafedrada pediatriya, davolash, xalq tabobati, MD, tibbiy profilaktika fakultetlarining 3-4 kurs talabalariga Travmatologiya - ortopediya va bolalar travmatologiyasi va ortopediyasi bakalavriyat dasturi asosida dars olib boriladi.
O‘quv jarayonida modul tizimi va yangi o‘quv interaktiv texnologiyalari muntazam qo‘llanib kelinadi.
2025-2026 O‘quv yilida kafedrada Travmatologiya va ortopediya yo‘nalishi bo‘yicha 7 nafar 1-2 boskich magistratura rezidentlari tahsil olmokda. Kafedrada 23 ta klinik ordinator bor. Talabalarga ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar, bemorlarning kuratsiyasi, bemorlar kasalligi tarixi bayonini tahlil etish, rentgenogrammalarni va rengenoskopik tekshiruvlarni o‘rganish, har bir mavzu bo‘yicha ma’ruzalarni multimedia ko‘rinishida namoish etish, operatsiyadan keyingi bemorlarning parvarishi va bemorlarning bog‘lamlarini almashtirish, hamda operatsiyalarga qatnashish, endoskopiya va rentgenografik muolajalariga qatnashish, ultratovush tekshiruvlarini kuzatish, umumiy qon va qonning bioximik tahlillarni o‘rganish bilan bir qatorda, talabalarni navbatchiliklarga qatnashishi qattik nazorat qilinadi. Travmatologiya va ortopediyaning ayrim mavzulari bo‘yicha o‘quv kinofilmlari namoish etiladi. Talabalarni keng miqiyosda operatsiyalarga qatnashish sharoiti yaratilgan. O‘quv jarayonda talabalar og‘ir bemorlar uchun tashkil qilingan konsiliumlarida, patologanatomik muhokamalarda va klinik konferensiyalarda qatnashdilar. Amaliy mashg‘ulotlar va ma’ruzalar mt.sammu.uz elektron o‘qitish tizimidan foydalangan holda olib borildi.

Kafedrada magistratura va klinik ordinatura yo’nalishi bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan.

O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Ta’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).
O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

- Kutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 70 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
- Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Talabalar uchun mavzuga oid bemorlarni RITOIATMSF operatsiya xonalari va bo’limlarda ko’rish tashkil etilgan.