Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

Kafedra tarixi

  Xamrayev Abdullo Xamrayevich (1935-1992 y, Samarqand sh.), t.f.d. (1975 y.), professor (1977 y.), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1990 y.). SamTIni bitirgan (1960 y.). Tibbiyot fakultetining bolalar kasalliklari kafedrasida aspirant (1962-1965 y.), assistent (1966-1969 y.) va dotsent (1969-1979 y.) lavozimlarida ishlagan.

  Professor A.X.Xamrayev 1-son bolalar kasalliklari kafedrasini tashkil etgan va unga rahbarlik qilgan (1980-1992 y.), bir vaqtning o‘zida SamMI davolash ishlari bo‘yicha prorektori (1980-1981 y.) lavozimlarida ishlagan. Professor A.X.Xamrayevning 125 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan. U kishining rahbarligida 4 ta doktorlik va 15 ta nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlangan va himoya qilingan. Samarqand ko‘chalaridan biriga professor A.X.Xamrayev nomi berilgan.

  Abdulla Xamrayevich 34 kishidan iborat pediatriya kafedrasini boshqargan va u oʻz kafedrasini har doim ilmiy-tadqiqot instituti bilan qiyoslagan. Kafedrada turli millat vakillari: oʻzbek, tojik, turk, eron, tatar, arman, yahudiy, turkman, bolgarlar faoliyat ko`rsatgan. Ularning barchasi ahil-inoq, do'stona ishlashgan va hozirda Stavropol o'lkasi, Kaliningrad, Turkiya va Turkmanistonda mehnat qilmoqda. Abdulla Xamrayevich yaxshi tashkilotchi bo`lib, ilmiy-muammoviy komissiya va siklik uslubiy komissiyaning raisi bo`lgan. Samarqand viloyati pediatrlari jamiyatini tashkil qilgan. Butunittifoq “Pediatriya” jurnalining konferensiyasini tashkil etgan va undagi jamiyat a’zolari jurnalda chop etilgan pediatriyaning yangiliklari, dolzarb muammolari haqida ma’lumot berganlar. Unga Rossiyaning taniqli olimlari, akademik V.A.Tabolin, akademik A.V.Mazurinlarni taklif etib, qiziqarli va ajoyib ma’ruzalar qilgan. Professor A.X.Xamrayev Samarqand Davlat tibbiyot instituti 2-klinikasining 120 o‘rinli bolalar bo‘limi negizida respublikada birinchilardan bo‘lib yangi tug‘ilgan chaqaloqlar patologiyasi kafedrasini tashkil etgan.

  Rustamov Mardonqul Rustamovich (1946 y., Samarqand sh.), T.f.d. (1989 y.), professor (1990 y.), SamMIni bitirgan (1969 y.). Davolash fakultetining bolalar kasalliklari kafedrasida aspirant (1971-1973 y.), shu kafedra assistenti (1974-1989 y.), dotsent (1989-1991 y.), 1991-yilda esa professor unvonini olgan. 1992-2017-yillarda 1-son pediatriya kafedra mudiri lavozimida ishlagan. Hozirgi kunda № 1 pediatriya va neonatologiya kafedrasi professori sifatida faoliyatini olib bormoqda.

  1970-yillardan to hozirgi kungacha Samarqand shahar bolalar gastroenterologiya maktabida olim, oʻqituvchi, klinisist boʻlib ishlab kelmoqda. Professor Rustamov M.R. Samarkand Davlat tibbiyot instituti pediatriya fakultetining birinchi bitiruvchisidir, 1969 yildan buyon universitetda ishlab kelmoqda. Akademik Tabolin V.A. va professor A.X.Xamrayev. rahbarligida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Uztoz 2 ta doktorlik va 7 ta nomzodlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilgan. Pediatriya boʻyicha oʻzbek tilidagi darslik, koʻplab oʻquv qoʻllanmalar va 400 dan ortiq ilmiy ishlar muallifidir. Hozirgi kunga kelib Pediatriya, akusherlik va ginekologiya yo`nalishi bo'yicha o`quv- uslubiy komissiya raisi sifatida o’z faoliyatini davom ettirmoqdalar.

  Malakali rahbar, mutaxassis va o‘qituvchi sifatida bir necha bor O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari Davlat attestatsiya komissiyasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish bo‘yicha attestatsiya va akkreditatsiya komissiyasi a’zosi etib tayinlangan. Uzoq vaqtlar Samarqand viloyati bolalar gastroenterologlari va dietologlari viloyat jamiyati raisi lavozimida ishlagan. U “Gepato-gastroenterologik tadqiqotlar” ilmiy-jurnalining bosh muharriri o‘rinbosari, Xalqaro pediatriya ilmiy jurnali tahririyat kengashi a’zosi hisoblanadi. Samarqand davlat tibbiyot universitetining ixtisoslashtirilgan kengashi a'zosidir.

  “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni va “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

  Shavazi Nurali Muhammad oʻgʻli 1956-yilda Samarqand viloyati, Payariq tumanida tugʻilgan. 1984 yilda Samarqand davlat tibbiyot institutining pediatriya fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1984-1986 yillarda klinik ordinator, 1986-1989 yillarda kafedra aspiranti. 1989 yilda professor A.X.Xamraev rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini va 1994 yilda akademik N.N.Volodin va M.R.Rustamov rahbarligida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

  Professor Shavazi N.M. Samarqand viloyatidagi neonatal xizmat asoschisidir. 3 nafar doktorlik va 6 nafar nomzodlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilgan. 2 ta darslik, 5 ta oʻquv qoʻllanma, 4 ta monografiya va 500 dan ortiq ilmiy ishlar muallifidir. U kishi Neonatologiya va shoshilinch pediatriya kafedrasi asoaschisi bo`lib, kafedra 2017 yildan №1 Pediatriya va neonatologiya kafedrasi deb o'zgartirgan. Professor Shavazi N.M. ajoyib tashkilotchi, mahoratli o'qituvchi va klinisist hodimni o'zida mujassamlashtirgan shaxsdir.

  Professor Shavazining mehnat faoliyati N.M. Samarqand viloyati, Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, prorektor, tibbiy pedagogika, pediatriya va farmatsevtika fakultetlari dekani lavozimlarini o‘z ichiga oladi. Professor Shavazi N.M. “Gepato-gastroenterologik tadqiqotlar” ilmiy-jurnalining bosh muharriri, “Pediatriya” xalqaro ilmiy jurnali tahririyat hay’ati a’zosi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashtirilgan kengashi raisi o‘rinbosari sifatida faoliyatini yuritib kelmoqda.

  Uztoz “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni, “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining “5, 10, 15, 20, 25” yilligi esdalik nishonlari bilan taqdirlangan.