Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

      Kafedrada talabalar o‘rtasida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish, kasbiy faoliyatga qiziqishni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish, talabalarni iuniversitetda o‘tkaziladigan madaniy tadbirlarga keng jalb etish kafedra xodimlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir.Shu sababli ma'naviy-ma'rifiy ishlar 1-Pediatriya va neonatologiya kafedrasi faoliyatining eng muhim yo'nalishi hisoblanadi. Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Ushbu ishni mas'ul o'qituvchi G’aybullayev J.Sh muvofiqlashtiradi va tashkil etadi.

      Kafedrada professor-o'qituvchilar “Axborot va murabbiylik soatlari” ni talabalar o'rtasida olib boradi:

      Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib boradilar, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida ma'naviy va ma'rifiy ishlarni olib boradi:

    • Kafedrada talabalar o'rtasida Birinchi tashabbusi talaba- yoshlarining musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qilish;

    • Kafedrada talabalar o'rtasida Ikkinchi tashabbusi, ya’ni yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatlarini namoyon qilishlari;

    • Kafedrada talabalar o'rtasida Uchinchi- aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida talabalarning o‘z iqtidorlarini yuzaga chiqarish, ma'lumot etkazib berish ;

    • Kafedrada talabalar o'rtasida Turtinchi- yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish buyicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida talabalarni bo‘sh vaqtlarini yanada sermazmun o‘tkazish;

    • Kafedrada talabalar o'rtasida Beshinchi-xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini o‘rganish maqsadida bitiruvchi talaba-qizlar bilan suhbatlar o‘tkazish va ularni bandligi, ya’ni ish bilan ta’minlaganligi to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish