Tibbiy biologiya va genetika kafedrasi Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan qariyb tengdosh bo‘lib, 1930-yillardan buyon tibbiyot kafedralari professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda faoliyat yuritib kelmoqda va universitet taraqqiyotining barcha tarixiy davrlarini bosib o‘tgan.
Tibbiy biologiya va genetika kafedrasi 1930 yil Samarqand Davlat Tibbiyot instituti qoshida tashkil qilingan. 2017 yilda kafedra takibidagi “Tibbiy biologiya va genetika” va “Mikrobilogiya, virusologiya va immunologiya” kafedrasi ajralib chiqib, kafedra nomi “Tibbiy biologiya va genetika” kafedrasiga aylandi.
Kafedraning birinchi professori Peterburg universitetining bitiruvchisi, professor Nikolay Alekseevich Merkulovich bo`lgan edi. Tibbiy biologiya kafedrasining birinchi mudirlik vazifasini 1930-yilning oxirida professor P.M. Faktorovich boshqargan.
1943 yildan 1945 yilgacha yana P.M.Faktorivich mudirlik vazifasini bajardi.
1947 yildan 1974 yilgacha kafedra mudirligi lavozimida professor A.I. Shumeyka faoliyat yuritgan.
1974 yildan 1977 yilgacha dotsent M.M.Malikovlar kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. 1977 yilning yanvar oyidan 2012 yilgacha biologiya kafedrasi mudirligini biologiya fanlari doktori, professor Sodiqov Vadim Murtazayevich bajargan.
SamDTI tibbiy biologiya kafedrasi mudiri lavozimida Sodiqov V.M. 1964 yilda “Epizootologiya I epidemiologiya echinokokkoza Samarkandskoy oblasti” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1969-yili Moskva shaxrida “Larvalniye teniidozi cheloveka v jivotnix” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1970-yildan Samarqand davlat kooperativ instituti, mikrobiologiya va fiziologiya kafedra mudiri. 1977 yildan Samarqand davlat meditsina institutining tibbiy biologiya kafedrasi mudiri. Akademik K.I.Skryabin nomli maktab vakili – gelmintolog, mikrobiolog. 500 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, jumladan, 7 monografiya, 12 o’quv qo’llanma, 1 o’quv kinofilm, 3 ta patent.
V.M. Sodiqov boshchiligida 20 dan ortiq doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari bajarilgan. V.M. Sodiqov hamkorligida talaba va magistrlar tomonidan har yili 100 dan ortiq ilmiy ishlarini chop qiladilar. 1977 - 2015 yillar oralig’ida Tibbiy biologiya kafedrasida Adilova Norchuchuk Bakayevna, Jonibekov Toshnazar Jonibekovich, Baxranov Arslon Baxranovich, Malikov Mannon Malikovich, Yuldashev Sobir Yuldashevich, Jurayev Voxid Juraevich, Tilavova Sayyora Sharofuddinovnalar faoliyat ko’rsatganlar.
Prof. Sadikov V.M.
2012 yildan SamDTI Tibbiy biologiya, genetika va parazitologiya kafedrasi mudiri vazifasiga Voxidova Adolat Mamatqulovna tayinlangan. U kishi 2013-2017 yilgacha Mikrobilogiya, virusologiya, immunologiya, tibbiy biologiya va genetika kafedrasi mudiri bo’lgan. 2012 yil 9 iyulda Samarqand qishloq xo’jalik instituti qoshidagi Ixtisoslashgan Kengashda “Gelmintologiya” yo’nalishi, «Эхинококкоз легких, осложненный пециломикозом» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Umumiy ish staji 35yil, Samarqand davlat tibbiyot institutida ilmiy-pedagogik ish staji-27 yil. Voxidova A.M tomonidan 200 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan, ulardan 150 ta ilmiy maqolalar, 4 ta EXM dasturi dasturi yaratgan. Moskva, Sankt-Peterburg, Ostona, Istanbul, Penza, Varshava, Nyu-Kasl, Ryazan bo’lib o’tgan xalqaro simpoziumlar va konferensiyalarda ishtirok etdi.
b.f.n., dots. Voxidova A.M.
2017 yildan 2019 yilgacha Tibbiy biologiya va genetika kafedrasi mudirligini biologiya fanlari nomzodi Maxmudova Xurshida Irgashevna bajardi. 1998-2001 yillari Samarqand davlat tibbiyot instituti Normal fiziologiya kafedrasida assistent bo’lib ishlagan. 2001-2006 yillar Samarqand davlat tibbiyot instituti qoshidagi litsey internatda biologiya fani o’qituvchisi, 2006-2017 yillar SamTI qoshidagi 2-son akademik litseyda biologiya fani o’qituvchisi, 2009-2017 yillar Biologiya kafedrasi mudiri, 2007-2012 yillar SamTI Bioanorganik, bioorganic, biofizik-kolloid va bioximiya kafedrasi ilmiy tadqiqotchisi, 2012-2015 yillar Mikrobiologiya, Virusologiya, Immunologiya, Tibbiy biologiya va genetika kafedrasida o’rindosh assistent lavozimida, 2009-2017 yillar SamTI qoshidagi 2-son akademik litsey Biologiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 2012-yil O’ZRFA Biofizika va fiziologiya institute “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” ixtisosligi bo’yicha “Turli genotipdagi echkilar suti va qonining ayrim fiziologik-biokimyoviy ko’rsatkichlarini qiyosiy o’rganish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. X.I.Maxmudova tomonidan 70 ta ilmiy ishlar, shulardan 50 ga yaqin maqola va tezislar, 20 ta o’quv-uslubiy, 2 ta o’quv qo’llanma va 1 ta monografiya chop etilgan.
b.f.n., dots., Maxmudova X.I.
2019 yildan 2020 yilgacha Tibbiy biologiya va genetika kafedrasi mudirligini dotsent, Muxitdinov Shavkat Muxamedjanovich boshqardilar. Sh.M.Muxitdinov Institutini tugatgandan keyin Sovet armiyasida xizmat qilib qildi. 1973-1976 yillar aspiranturada o’qigan. 1977-yil iyun oyida O’z SSFAda zoologiya va parazitologiya institutida “Проблема паразитосеноза при ларвалних тениидозах каракулских овес и эго влияние на некоторие биохимические показатели хозяина” – parazitologiya mutaxassisligi bo’yicha biologiya fanlar nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1977 yildan to hozirgi kungacha Samarqand Davlat Tibbiyot universitetida ishlab kelmoqda. Dastlab assistent, keyin kafedrani katta o’qituvchisi va 2002 yildan kafedra dotsenti lavozimida faoliyat yuritgan. Hozirgi kunga qadar 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 2 ta patent chop etilgan. 2ta darslik, 1ta monografiya mualifi. 2023 yil Samarqand viloyatining hokimligining “Faxriy yorlig’i” bilan taqdirlangan.
b.f.n., dots. Muxitdinnov Sh.M.
2020 yildan 2022 yilga qadar “Tibbiy biologiya va genetika kafedrasi”ga mudirlik vazifasini Aliyev Dilmurod Davronovich boshqargan. Aliev D. D. biologiya fanlari nozodi bo’lib, 2011 yilda Fanlar Akademiyasi qoshidagi “Fiziologiya va biofizika” institutida «Изменчивостъ нуклеинових кислот и уровня калия в крови каракулъских овец в связи с их физиологическими функциями» mavzusida nomzodlik dissertatsiyani yakunlab himoya qilgan. Hozirgi kunda «Surxondaryo sur qorako`l qo`ylari mahsuldorligini oshirishning fiziologik jihatlari» mavzusida (DSc) doktorlik ishi yakunlab 2022 yilda muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2ta o`quv qo`llanma va 1ta tavsiyanoma hamda 60 dan ortiq ilmiy maqolalar chop qilingan.
b.f.d, dots., Aliyev D.D.
2022 yildan hozirgi kunga qadar kafedrani Abdumuminova Ra’no Narbuvayevna boshqarib kelmoqda. Abdumuminova R.N. 2019 yilda “Zarafshon vohasining tog’oldi mintaqasida shaftoli (Persika vulgaris) sifatiga sideratlarning tasiri” mavzusidag i(PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan bo’lib, 50 dan ortiq ilmiy maqolalar, 10 ta uslubiy qo’llanma va tavsiyanomalar hamda 4 ta monografiya, 3 ta o’quv qo’llanma hamda 3 ta darslik muallifidir. 2025 yilda I.Pavlov nomidagi Birinchi Sank Peterburg tibbiyot universitetida akademik mobillik amalga oshirga. Shuninngdek Tabiiy birikmalarning genotoksikligi va immunoferment usullari mavzusida 144 soatlik ilmiy stajirovkani o’tagan. R.N.Abdumuminova yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, institutda joriy qilingan kredit-modul o'qitish tizimi bo'yicha Davolash ishi, Pediatriya ishi, Stomotologiya ishi, Tibbiy profilaktika ishi, Oliy hamshiralik ishi, hamda Fundamental ixtisosligidagi birinchi kurs talabalariga ma'ruzalarni zamonaviy yangi innovatsion texnologiyalar asosida o'qib kelmoqda. Hozirda “Lishayniklardan immunomodulyatorlar tarkibiga kiruvchi ikkimlamchi metabolitlarni olish va saraton kasalliklarini davolashda tavsiya etish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 2022 yildan boshlab hozirgi kungacha kafedra mudiri bo'lib R.N.Abdumuminova hisoblanadi. Ushbu davr mobaynida 30 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etildi, shulardan 10 dan ziyodi chet el jurnallarida nashr etilgan.
PhD.R.N.Abdumuminova
Ulashish