Simulyatsion markaz
Zamonaviy tibbiy ta'limning muhim yoʻnalishlaridan biri simulyasion oʻqitish hisoblanadi. Samarqand davlat tibbiyot universitetida faoliyat yuritayotgan simulyasion markazida talabalar klinik amaliyotga chiqishidan avval turli tibbiy manipulyasiyalar va murakkab klinik holatlarni maxsus trenajyorlar hamda yuqori texnologiyali fantomlar va manekenlarda mashq qiladilar.
Simulyasiya markazi universitetning hududida 4 qavatli binoda joylashgan boʻlib, xalqaro tibbiy ta'lim standartlari talablariga mos keladi va unda 25 oʻrinli kompyuter zali, brifing va debrifing zallari, mustaqil tayyorgarlik uchun auditoriyalar va turli yoʻnalishdagi zamonaviy simulyatorlar, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, manikenlar, simulyatorlar va kompyuter texnikalari bilan toʻliq jihozlangan 20 ta oʻquv-simulyasion xonalari mavjud. Ular neonatologiya va pediatriya, terapiya va EKG, xirurgiya va operatsion xona, bogʻlov xonasi, endoskopiya, anesteziologiya va reanimatologiya, akusherlik va ginekologiya xonalari va h.k.. Bunday yondashuv talabalarga xatolarni haqiqiy bemorda emas, balki simulyasion muhitda tahlil qilish, klinik vaziyatlarni toʻgʻri baholash va zarur koʻnikmalarni bosqichma-bosqich shakllantirish imkonini beradi.
Markazda VETLAB (Veterinariya laboratoriyasi) tashkil etilgan boʻlib, jarrohlik amaliyotlari oʻtkaziladigan xonalar, laporoskop va virtual-realistik qurilmalar bilan jihozlanganva unda jarrohlik amaliyotlari (hayvonlarda) amalga oshirib kelinmoqda. Talabalar uchun jarrohliq amaliyotini yuqori sifatli video uzatish orqali kuzatish imkoniyati mavjud. Markazda yuqori malakali professor-oʻqituvchilar faoliyat olib bormoqda. Ta'lim jarayoni talabalar uchun zamonaviy talablar asosida tashkil etilgan.