Joriy yilning 24-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Van Jang Xua va Sui Tong Shi boshchiligidagi Xitoy tibbiyot klinikasi vakillari tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida universitet rektori, professor Jasur Rizayev bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari hamda kelgusidagi qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv davomida Xitoy tibbiyot klinikasi vakillari ko‘p yillik tajribalari, tibbiyot sohasidagi yutuqlari hamda Xitoyda qo‘llanilayotgan eng zamonaviy tashxis va davolash usullari bilan o'rtoqlashdilar. Shuningdek, Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda Samarqand shahrida quloq, burun va tomoq (LOR) kasalliklariga ixtisoslashgan zamonaviy klinika tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.




SamDTU Matbuot xizmati