Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​“Birga hayotni saqlaymiz” milliy donorlik aksiyasi o‘tkazildi

  Inson organizmidagi eng muhim hayotiy omil hisoblangan qon zarur ozuqa va kislorodlarni tashish, tartibga solish hamda inson sog‘ligini tiklashda asosiy rol o‘ynaydi. Baxtsiz hodisalar va turli kasalliklar tufayli qon yo‘qotish natijasida qon quyish zarurati paydo bo‘ladi hamda donorlarga ehtiyoj tug‘iladi.

  Donorlikni targ‘ib qilish va insonlar hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoasi bilan “Birga hayotni saqlaymiz” milliy donorlik aksiyasi o‘tkazildi.

  Samarqand viloyati Qon quyish markazida universitet xodimlari va talabalaridan iborat ko‘ngillilar jamoasi qon topshirdilar.


SamDTU Matbuot xizmati