×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti Vengriya oliygohlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yadi

  Joriy yilning 5-7-mart kunlari “Raqamli davrda oliy ta’lim: sun’iy intellekt, innovatsion modellar va global raqobatbardosh universitetlar” mavzusidagi O‘zbekiston–Vengriya rektorlarining uchinchi forumi bo‘lib o‘tmoqda.

  Forum doirasida zamonaviy oliy ta’limni rivojlantirish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan parallel sessiyalar hamda  O‘zbekiston va Vengriyaning yetakchi universitetlari rektorlari hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari — muhandislik, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, tibbiyot va boshqa sohalarda qo‘shma dasturlarni tashkil etish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini faollashtirish, qo‘shma ilmiy markazlar tashkil etish kabi masalalarda muhokamalar o‘tkazildi. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik memorandumlari imzolandi.

  Shu jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev hamda Vengriya Rektorlar konferensiyasi prezidenti, Semmelveys universiteti rektori  Bela Merkeli ishtirokida o'zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.

  Forumning yakuniy qismidan so‘ng Vengriya Rektorlar konferensiyasi prezidenti, Semmelveys universiteti rektori  Bela Merkeli Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida nufuzli mehmon universitet va unda yaratilgan, sharoitlar, ta’lim shakli bilan tanishib, mavjud tizim va universitet faoliyatiga yuqori baho berdi.

SamDTU Matbuot xizmati