×
Menu
Close Menu

​“Tibbiyot va ta’lim: Universitet va jamiyatlarni birlashtirish” nomli III xalqaro tibbiyot forumi o‘tkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Tibbiyot va ta’lim: Universitet va jamiyatlarni birlashtirish” nomli III xalqaro tibbiyot forumi o‘tkazildi.

  Forumda Respublikamiz bilan bir qatorda Turkiya, Xitoy, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlardan soha vakillari ishtirok etdi.

  Forum ochilishida so‘zga chiqqanlar tashkil etilgan anjumanning zamonaviy tibbiy ta’limning jamiyat ehtiyojlariga moslashuvi, tibbiyot oliygohlari va sog‘liqni saqlash muassasalari o‘rtasidagi integratsiyani chuqurlashtirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishdagi ahamiyatini alohida ta’kidladilar.

  Forum doirasida “Kolorektal jarrohlikda robototexnologiyaning afzalliklari”, “Telemeditsinani rivojlantirish istiqbollari”, “Plastik va rekonstruktiv jarrohlikdagi yangi yutuqlar” kabi tibbiyot va tibbiy ta’limning dolzarb muammolariga qaratilgan ma’ruzalar, mahorat darslari, yosh olimlar to‘garaklari hamda bir qancha jarrohlik amaliyotlari bajarildi.


SamDTU Matbuot xizmati