Joriy yilning 4-sentyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturiga qabul imtihonlarining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Imtihonlar bevosita Turkiyalik mutaxassislar ishtirokida, kameralar nazorati ostida odilona tarzda tashkil etildi. Abituriyentlar o‘zaro suhbat hamda test sinovlari orqali saralab olindi.
Ma’lumot uchun, Samarqand davlat tibbiyot universitetining Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturiga jami 144 nafar abituriyentlar hujjat topshirgan bo‘lib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar Davolash ishi yo‘nalishi bo‘yicha 5+1 shaklida xalqaro darajadagi tibbiy ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
SamDTU Matbuot xizmati