Joriy yilning 30-may kuni Samarand davlat tibbiyot universitetida "Klinik laborator diagnostika sohasida innovatsiyalar va "Point of care testing" texnologiyasidan foydalanish" mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
SamDTU va Wondfo Guangzhou Co. Ltd hamkorligida tashkil etilgan seminarda zamonaviy uskunalar, tahlil usullari, shuningdek, diagnostika sifatini oshirish yo‘llari bo‘yicha muhim ma’ruzalar tinglandi va tajriba almashildi.
Yakunda seminar ishtirokchilariga sertifikatlar taqdim etildi.
SamDTU Matbuot xizmati