×
SamMU Education - YouTube
×
Menu
Close Menu

​Universitet vakillari Xitoydagi xalqaro anjumanda ishtirok etdi

  Joriy yilning may oyida Xitoy Xalq Respublikasida “Ipak yo‘li sanoati, ta’lim va ilmiy-tadqiqotlar bo‘yicha xalqaro konferentsiya” bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti (SamDTU) muhim xalqaro tadbirlarda faol ishtirok etdi.

  Mazkur nufuzli anjuman Xitoyning Shensi provinsiyasida joylashgan yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Sian Xalqaro Universiteti tashabbusi bilan tashkil etildi. Tashrif davomida SamDTU delegatsiyasi universitet rahbariyati bilan uchrashib, ikki tomonlama ta’limiy, ilmiy va akademik hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi hamda hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi. Bu memorandum kelajakda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, innovatsion loyihalarni birgalikda amalga oshirish imkoniyatlarini yaratadi.

  Bundan tashqari, SamDTU vakillari "An’anaviy Xitoy tibbiyotining merosi, ilmiy-innovatsiyasi va sanoat ishlab chiqarish" mavzusidagi 5-Xalqaro akademik almashinuv konferensiyasida ham faol ishtirok etdi. Konferensiya doirasida “An’anaviy ta’limni rivojlantirish alyansi”ni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, unda Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti ham ishtirok etib, an’anaviy va zamonaviy tibbiyot yo‘nalishlarini uyg‘unlashtirishga oid qator tashabbuslarni ilgari surdi.

  Ushbu tashrif va ishtiroklar Samarqand Davlat Tibbiyot Universitetining xalqaro maydondagi mavqeini yanada mustahkamlash, ilmiy salohiyatini oshirish va ta’limda integratsiyalashuv jarayonlarini jadallashtirish yo‘lidagi yana bir muhim qadamlardan biri bo‘ldi.


SamDTU Matbuot xizmati