Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Buyuk Britaniya andozalari asosida kadrlar tayyorlash masalasi muhokama qilindi

  Joriy yilning 26-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Buyuk Britaniyaning oliy va tibbiy ta’lim muassasalari vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif davomida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev, Meros Pharm kompaniyasi hamda Britaniyalik mehmonlar ishtirokida uch tomonlama uchrashuv tashkil etildi.

  Uchrashuvda Byuyuk Britaniya muassasalari bilan hamkorlikda bir qator loyihalarni amalga oshirish, jumladan, Meros Pharm bazasida Buyuk Britaniya andozalari asosida hamshiralar tayyorlash dasturini ilgari surish, ularning amaliyot jarayonlarini tashkil etish, o‘quv jarayonlariga universitet professor o‘qituvchilari hamda Britaniyalik professor-o‘qituvchilarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.


SamDTU Matbuot xizmati