Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Och qora
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Qo‘shimcha

O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​“Kelajakka qadam” dasturi doirasida uchrashuv o‘tkazildi

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qaroriga muvofiq yoshlarning bandligini ta’minlash, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish maqsadida amalga oshiriladigan “Kelajakka qadam” dasturi doirasida Samarqand Davlat tibbiyot universiteti stomatologiya fakulteti bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

  Uchrashuvda “Milliy bank” Samarqand viloyati filiali kredit masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Sh.G‘aniyev ishtirok etib, talabalarga mavzu yuzasidan kerakli tushuncha va ma’lumotlar berildi.

  Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


SamDTU Matbuot xizmati