×
Menu
Close Menu

​SamDTU Urologiya kafedrasi xodimlari tomonidan yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari bajarilmoqda

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan Urologiya kafedrasining professor-o‘qituvchilari tomonidan universitet Ko‘p tarmoqli klinikasida yuqori texnologik operatsiyalar yo‘lga qo‘yildi. Xozirgi paytda Urologiya kafedra xodimlari tomonidan kam invaziv usulda TURP, nefrektomiya, buyraklardan kistetomiya kabi operatsiyalar bilan bir qatorda “Siydik qopidagi o‘smani transuretral usulda olish” hamda anomal siydik nayidan endoskopik usulda toshni ekstraksiya qilish kabi kamyob jarrohlik amaliyotlari amalga oshirilmoqda. 

  Joriy yil 24-yanvar kuni Urologiya kafedrasi hamda RESPUBLIKA IXTISOSLASHTIRILGAN UROLOGIYA ILMIY-AMALIY TIBBIYOT MARKAZI xodimlari bilan birgalikda “Chap buyrak jom-siydik nayi segmenti strukturasi. Chapdan gidroneyfroz II-darajasi. Renal gipertenziya” tashxisi bilan “Laparoskopik, pieloureteroanastomoz, chap siydik nayi stendlash” operatsiyasi bajarildi. Ushbu jarrohlik amaliyoti viloyatda birinchi bor o‘tkazildi. 

  Bundan tashqari kafedrada kam invaziv usuldan foydalanib laparoskopik usulda “nefrektomiya” amaliyotlari bajarilishi yo‘lga qo‘yildi, yuqoridagi usullar kelajakda “buyrak transplantatsiya” amaliyotida donordan buyrakni olish jarayonida kam invaziv va travma foizini kamaytiradi.

  Hozirgi paytda universitet klinikasi moddiy texnik bazasi yaxshilanganligi, universitet tarkibidagi klinikalardagi operatsion xonalarida zamonaviy laparoskopik va torokoskopik Endovideoxirurgik stoykalar bilan ta’minlanganligi kam invaziv amaliyotlarni olib borish uchun zamin yaratadi.



SamDTU Matbuot xizmati