Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​OITS va OIV infeksiyasi profilaktikasiga qaratilgan tadbir o'tkazildi

  Joriy yilning 2-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Pediatriya  fakulteti tashabbusi bilan talabalar ishtirokida 1-dekabr - OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

  SamDTU Pediatriya fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Anvar Erashev, universitet profilaktika inspektori Otajon Eshmuratov hamda Samarqand viloyati OITS(Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi)ga qarshi kurashish markazi mutaxassislari ishtirokida o‘tgan tadbirda talabalarga kasallik va uning belgilari, yuqish va kechish jarayonlari, shuningdek, OITS va OIV profilaktikasi borasida kerakli ma’lumot va tavsiyalar berildi.

  Tadbir davomida talabalar yuzaga kelgan savollarga atroflicha javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


SamDTU Matbuot xizmati