×
Menu
Close Menu

​SamDTU vakillari akademik mobillik doirasida Ozarbayjonda bo‘ldilar

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti dunyoning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik o‘rnatib, akademik harakatchanlikni amalga oshirib kelmoqda.

  Jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti bir guruh professor-o‘qituvchilari - o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori N.A.Yarmuhamedova, davolash ishlari bo‘yicha prorektori N.N.Abdullayeva, o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i G.E.Tastanova, Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi boshlig'i L.Shukurovlardan iborat delegatsiya vakillari akademik mobillik doirasida Sechenov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universitetining Boku filialida bo‘ldilar.

  Tashrif davomida filial va undagi sharoitlar, o‘quv simulyatsion markaz faoliyati va ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, ikki tomonlama akademik harakatchanlik bo‘yicha kelishuvlar muhokama qilindi. Olib borilgan muzokaralar natijasida tomonlar o‘rtasida shoshilinch tez tibbiy yordam, jarrohlik, bronxoskopiya va laparoskopiya, akusherlik-ginekologiya va boshqa sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, pedagog-trenerlarni tayyorlash, tibbiyot kadrlarini tayyorlashning turli darajalarida yangi klinik treninglar kompleksini ishlab chiqish hamda hamkorlikda akkreditatsiya-simulyator markazini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


SamDTU matbuot xizmati