Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Yoshlar festivali” doirasida “Viloyat hokimi fan olimpiadasi” o‘tkazildi

  Samarqandda an’anaviy tarzda start olgan “O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi “Yoshlar festivali” bo‘lib o‘tmoqda. Festival doirasida Samarqand davlat tibbiyot universitetida Kimyo fanidan “Viloyat hokimi fan olimpiadasi” o‘tkazildi.

  Olimpiadada viloyat bo‘yicha ko‘plab tumanlardan ellikka yaqin 10-11-sinf o‘quvchilari o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Test shaklida o‘tkazilgan sinovlarda o‘quvchilarga kimyoviy masalalarni yechishga 2 soat vaqt berildi.

  Yakunda ishlar tahlil qilinib, hakamlar tomonidan baholandi. Natijalarga ko‘ra 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Maxsiddinova Zulfiyaxon 1-o‘rin; Maxmayusupova Sevinch 2-o‘rin va Axmadova Sabina 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida esa Abduraimov Olovuddin 1-o‘rin; Sobirov Og’abek 2-o‘rin va Xushmurodova Gulasal 3-o‘rinlarni egallab, “Viloyat hokimi fan olimpiadasi” sovrindorlariga aylandilar.

  O‘quvchilarga tantanali ravishda diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

  Olimpiadadan so‘ng barcha ishtirokchilar va ularning ustozlari, ota-onalari uchun bayramona dasturxon yozildi.


SamDTU matbuot xizmati