Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Talabalar uchun Farmakognoziyadan ochiq dars tashkil etildi

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti Farmatsiya fakulteti talabalari uchun Farmakgnoziya sohasining dolzarb muammolariga qaratilgan ochiq dars tashkil etildi. Ochiq darsda Farmakognoziya va farmatsevtik texnologiyalar hamda Farmatsiya ishini tashkil qilish kafedrasi mudirlari, kafedra professor-o‘qituvchilari va assistentlari, klinik ordinatorlar va magistratura rezidentlari hamda bakalavr bosqichidagi talabalar ishtirok etdi.

    Ochiq dars davomida Farm.f.n., professor K.K.Orinbasarova hamda PhD. N.S.Bazarovalar tomonidan “Tarkibida flavonoidlar saqlovchi dorivor o‘simliklar va mahsulotlar.”, “Dori vositalarining nojo‘ya ta’siri bo‘yicha innovatsion qarashlar hamda polipragmaziya” kabi mavzularda ma’ruzalar qilinib, qiziqarli va muhim ma’lumotlar taqdim etildi.

    Dars davomida kichik laboratoriya mashg‘uloti tashkil etilib, talabalarga amaliy ko‘nikmalar namoyish etildi. Shuningdek, Janubiy Qozog‘iston Tibbiyot Akademiyasi professori, K.Orinbasarova tomonidan akademiya va undagi ta’lim tizimi, yaratilgan imkoniyat va qulayliklar haqida ma’lumot berib o‘tildi.  Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


SamDTU matbuot xizmati