Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTUda “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʻzimizniki!” targʻibot tadbiri oʻtkazildi

  10 aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʻzimizniki!” shiori ostida targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Tantanali tadbirda SamDTU rahbariyati, professor-oʻqituvchilar va talabalari, viloyat va Samarqand shahridagi davlat va jamoat tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etdilar.

  Uchrashuvda universitet rektori Jasur Rizayev soʻzga chiqib, yoshlarning oliy taʼlim muassasalariga kirishi va oʻqishi uchun yaratilgan imkoniyatlarni taʼkidlab, barchani mamlakatimiz taqdiri uchun muhim konstitutsiyaviy qonun loyihasi uchun oʻtkaziladigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.

  Tadbirda viloyat jamoatchilik vakillari va tadbirkorlar oʻzlarining soʻnggi yutuqlari, joylarda davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, mamlakatimiz bosh qonunida rejalashtirilgan yangiliklar haqida soʻzlab berdilar.

  Tadbir ishtirokchilariga sahna yakkaxonlari chiqishlaridan iborat rang-barang dastur taqdim etildi. Vatanparvarlik ruhidagi joʻshqin qoʻshiqlar barchaga chinakam bayramona kayfiyat bagʻishladi.


SamDTU matbuot xizmati