Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    ​Talabalarga Elsevier kompaniyasining ClinicalKey Student va Osmosis xorijiy elektron oʻquv platformalaridan foydalanish imkoniyati yaratildi

      Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Niderlandiyaning Elsevier nashriyot uyi bilan hamkorlik doirasida universitet professor-oʻqituvchilari va talabalariga Elsevier kompaniyasining ClinicalKey Student va Osmosis xorijiy elektron oʻquv platformalaridan bepul foydalanish imkoniyati yaratilganini maʼlum qilamiz. Eʼtiborli jihati shundaki, yurtimizdagi tibbiy oliy taʼlim massalari ichida aynan Samarqand davlat tibbiyot universiteti birinchi boʻlib bunday imkoniyatni oʻz talabalariga taqdim etmoqda.

      ClinicalKey Student bu tibbiyotga doir barcha mavzulardagi xorijiy adabiyotlar, oʻquv videomateriallari va test savollari bankini oʻzida mujassam etgan tibbiy platforma hisoblanadi. Xususan, ClinicalKey Student yordamida foydalanuvchilarimiz tibbiyotga doir 290 dan ortiq eng mashhur oʻquv adabiyotlar, 2000 dan ortiq oʻquv-amaliyotga doir videolar hamda 150000 yaqin rasmlardan bepul foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Eng muhimi esa foydalanuvchilar bu tizim vositasida jahon standartlari darajasida tuzilgan 5000 dan ortiq test savollari orqali oʻz bilimlarini sinab koʻrishlari mumkin boʻladi. Taʼlimga doir kitob, video va rasmlardan tashqari, platformada berilgan materiallarni oʻrganish, eslab qolish va olingan bilimlarni sinab koʻrish uchun talabalar va professor- oʻqituvchilar oʻrtasida interaktiv muloqot vositalari ham taqdim etiladi.

      Ushbu o'quv platformasining barcha resurslaridan bepul va cheklanmagan tarzda foydanish  uchun shunchaki qurilmangizni universitet internet, Wi-Fi tarmog'iga ulagan holda platforma saytiga https://www.clinicalkey.com/student kirishingiz kifoya!


    1. ClinicalKey Studentdan ro’yxatdan o’tish bo’yicha qo’llanma uchun buni 

    2. Foydalanish bo'yicha umumiy videoqo'llanma bilan tanishish uchun ushbu havolani

     

    3. O'qituvchilar uchun ta’lim imkoniyatlari bilan tanishish uchun esa bu havolani  bosing

      Universitetimizning o'quv dasturlari va axborot resurslarini xalqaro standartlar bilan uyg'unlashtirish borasidagi navbatdagi yangilik Osmosis video o'quv platformasi bilan bog'liq. Osmosis (www.https://www.osmosis.org/) bu tibbiyotda barcha fan sohalari bo'yicha video va test materiallaridan iborat ulkan o'quv bazasidir. Ushbu o'quv platformasining o'ziga xos jihati undagi barcha o'quv hamda video materillarining tushunish va eslab qolishga yordam beradigan mnemonika texnologiyalari bilan boyitilganlidir.

      Ushbu yangiliklardan ko’zlanayotgan maqsad: universitet talabalarini ishonchli va professional xorijiy axborot resurslari va test topshiriqlari bilan takomillashtirish, pirovard natijada, talabalar bilimini USMLE kabi xalqaro test tizimlaridan muvaffaqiyatli o’tish darajasiga ko’tarish hisoblanadi. 



    SamDTU Matbuot xizmati