Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari viloyat chempionlari boʻlishdi!

  Maʼlumki sportning hayotimizda tutgan oʻrni beqiyos. Hozirgi kunda Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari orasida sportning turli yoʻnalishlarida muntazam shugʻullanishlari uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo qilinganligi bois yosh sportchilarimiz musobaqalarda faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritib kelmoqda. Jumladan, 18-20 fevral kunlari Badminton sport turi boʻyicha Samarqand viloyati chempionatida Universitetning Xalqaro taʼlim fakulteti talabasi Muhammad Khubaib va Farmatsiya fakulteti talabasi Sanjarova Amina jamoaviy bahslarda 1- oʻrin, Xalqaro taʼlim fakulteti talabasi Mubasher Ahmad yakkalik bahslarida 1- oʻrinni qoʻlga kiritdilar.

  Viloyat bosqichida saralab olingan mazkur talabalar Surxondaryo viloyatida boʻlib oʻtadigan “Universiada-2022” sport musobaqalarining final bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritishdilar.

  Talabalarimizga keyingi bosqichda muvaffaqiyatlar va omadlar tilaymiz!



SamDTU matbuot xizmati