×
Menu
Close Menu

​Xalqaro nogironlar kunida maʼrifiy uchrashuvlar

  “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universiteti ftiziatriya kafedrasi vakillari tomonidan 1-son talabalar turar joyida sil kasalligi va ushbu kasallik tufayli nogironlik boʻyicha maʼrifiy uchrashuv oʻtkazildi. Soʻnggi oʻn yillikda sil kasalligi butun dunyo boʻylab eng dolzarb muammolardan biri boʻlib, 13% hollarda nogironlikka olib keladi va faol sil kasalligi bilan ogʻrigan bemorlarning uchdan biridan koʻprogʻi nogironlikka ega.

  Shuningdek, kafedra xodimlari tomonidan Respublika Narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali vakillari — bosh vrachi N.Kenjaeva va narkolog S.Baymirovlar taklif qilinib, spirtli ichimliklar, tarkibida nikotin moddasi boʻlgan mahsulotlarni isteʼmol qilishning salbiy oqibatlari haqida soʻz yuritdilar.

  Uchrashuv yakunida interaktiv oʻyinlar, kofe-breyk oʻtkazildi, faol ishtirokchilarga esa sovgʻalar topshirildi.

  Shuningdek, ftiziatriya kafedrasi xodimlari viloyat “Saxovat” keksalar va nogironlar uyiga tashrif buyurishdi va bosh shifokor S.Javadova bilan birgalikda fuqarolar bilan suhbatlar oʻtkazilib, sovgʻalar topshirildi, tabrik va tilaklar bildirildi.




SamDTU matbuot xizmati