Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya «XXI asr pediatriyasi va farmatsiyasi: muammolar va yechimlar»

  2022-yil 18-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining Katta majlislar zalida “XXI asr pediatriyasi va farmatsiyasi: muammolar va ularning yechimlari” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boshlandi. Anjumanda Rossiya, AQSh, Belarusiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Hindiston, Pokiston, Tojikiston va boshqa davlatlar hamda mamlakatimiz tibbiyot oliy oʻquv yurtlaridan pediatriya va farmatsevtika sohasining taniqli mutaxassislari ishtirok etdilar. Taklif etilgan maʼruzachilar orasida yetakchi olim va amaliyotchilar, shu jumladan — D.Rogachev nomidagi bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va immunologiyasi ilmiy-tibbiy tadqiqot markazi ilmiy rahbari t.f.d., professor, Rossiya FA akademigi, Aleksandr Rumyantsev, Rossiya perinatal tibbiyot mutaxassislari uyushmasi prezidenti, Rossiya FA akademigi, Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan shifokor, t.f.d., professor Nikolay Volodin ishtirok etdilar.

  Xalqaro konferensiyaning tantanali ochilishida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev, Toshkent tibbiyot pediatriya instituti rektori Botir Daminov, V.I. Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti Andrey Eremin, Kursk davlat tibbiyot universiteti rektori Viktor Lazarenko va boshqalar chiqishlar qilib pediatriya va farmatsiya dolzarb masalalarini muhokama qilishni hamda oliygohlar oʻrtasidagi xalqaro hamkorlik muhimligini taʼkidlab oʻtdilar.

  Yalpi majlisda bolalar onkologiyasi va gematologiyasining yutuq va rivojlanish istiqbollari, chaqaloqlar oʻlimi muammosiga tizimli yondashish, Samarqand davlat universitetida pediatrlar maktabini rivojlanishi, oliy taʼlimdagi farmatsevtika sohasini ishlab chiqarish bilan integratsiyasiga oid maʼruzalar tinglandi.

  Xalqaro forumning asosiy qismi shoʻbalarida oʻtkazilib, unda neontologiya, bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi, bolalar pulmonologiyasi va allergologiyasi, gastroenterologiyasi va ovqatlanishi, bolalar nefrologiyasi, farmakologiya va klinik farmakologiya, farmatsevtika sohalaridagi dolzarb masalalarga oid maʼruzalar tinglanib muhokama qilindi. Xorijlik hamkasblar va yosh tadqiqotchilarning maʼruzalari ishtirokchilarni alohida eʼtiborni tortdi.

  Turli mamlakatlardan pediatriya va farmatsevtika boʻyicha yetakchi mutaxassislarning ilmiy-amaliy ishlanmalarini muhokamasi va qilingan ilmiy xulosalari, pediatriya va farmatsiya fanining yanada rivojlanishiga hamda mamlakatimizda sogʻliqni saqlashni yanada rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshadi.





SamDTU matbuot xizmati