Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Samarqandda O‘zbekiston-Rossiya uchinchi ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda

  26 oktabr kuni Samarqand shahrida oʻz ishini boshlagan Oʻzbekiston-Rossiya uchinchi taʼlim forumida ikki davlat tomonidan 200 nafardan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish kompaniyalari vakillari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etmoqda.

  Anjuman yalpi majlisini tantanali ochilishida Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov hamda Rossiya rektorlar kengashi raisi, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlati universitet rektori Viktor Sadovnichiy ishtirokchilarni tabriklab, anjuman va hamkorlik ishiga omadlar tiladilar.

  Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tabrigini Prezident maslahatchisi Odil Abdurahmonov, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin tabrigini Xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar boʻyicha boshqarmasi boshligʻi Igor Maslov forum ishtirokchilariga oʻqib eshittirdilar. Tabriklarda ikki davlat taʼlim sohasida hamkorlik aloqalari, uning yutuqlari va istiqbollari haqida soʻz bordi. Forum ishiga muvaffaqiyat tilanib, ushbu nufuzli anjuman natijasi mamlakatlar oʻrtasida sohadagi aloqalar yangi formatda oʻtishi va jadallashuviga xizmat qilishi alohida aytildi.

  Forum doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev boshchiligidagi delegatsiya RFni qator oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish borasida samarali muzokaralarni olib bordilar.






SamDTU matbuot xizmati