Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    ​Urgut tumani Mo’minobod mahallasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik

      Samarqand davlat tibbiyot universitetining davolash ishlari bo’yicha prorektori Nargiza Abdullaeva hamda o’quv ishlari bo’yicha prorektor Nargiza Yarmuxammedova rahbarligida universitetetning malakali professor-o‘qituvchilar guruhi tomonidan Samarqand viloyati Urgut tumanining olis hududlaridan bir boʻlgan Mo’minobod mahallasida chuqurlashtirilgan tibbiy koʼriklar oʼtkazildi. Mo’minobod mahallasi o’z ichiga 7 ta qishloqni qamrab olib, unda 20 097 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi.

      Tibbiy ko’riklarga keladigan aholiga barcha sharoitlar yaratilgan bo’lib, shifokorlarning ko’rigi va maslahatlari zamonaviy tekshiruv apparatlari orqali amalga oshirildi. Mutaxasislar koʼrigidan oʼtgan bemorlarga ijtimoiy dorixonalar orqali dori-vositalari tarqatildi, ambulator va statsionar sharoitlarda davolanishga muhtoj bemorlarga viloyat hamda respublika tibbiyot markazlariga yo’llanmalar taqdim etildi. Shuningdek, tekshiruv davomida sogʻlom turmush tarzini rivojlantirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, tegishli bukletlar ham tarqatildi.

      Mahalla aholisi va tuman tibbiyot tizimini rahbarlari Universitet xodimlariga o‘tkazilgan tekshiruv uchun katta minnatdorchilik izhor etdilar.



    SamDTU matbuot xizmati