Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU talabalari — sport musobaqalari gʻolibi

  Joriy yilning 3- 14 oktabr kunlari Samarqand viloyati oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Universiada -2022” sport musobaqalarining 2-bosqich saralash musobaqalari oʻtkazildi.

  Mazkur musobaqalarda Samarqand davlat tibbiyot universitetini talabalari faol qatnashib, basketbol sport turi boʻyicha erkaklar jamoasi 2-oʻrin, gandbol sport turi boʻyicha ayollar jamoasi 3-oʻrinni, voleybol sport turi boʻyicha erkaklar va ayollar jamoasi 2-oʻrin, futbol sport turi boʻyicha 3-oʻrinni qulga kiritishga muvaffaq boʻldilar.

  Natijada, saralab olingan talabalarimiz “Universiada” sport musobaqalarining hududiy saralash bosqichida viloyat terma jamoasi tarkibida qatnashadilar.


SamDTU matbuot xizmati