Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

​Kattaqoʻrgʻon shahri TBga metodik yordam koʻrsatildi

  17-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan 2022-yil 18.03.2022 kuni oʻtkazilgan “Ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha, shuningdek, 2022-yil 1-apreldagi PQ-188-son qarorining ijrosini taʼminlash boʻyicha Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektorining 2022-yil 18-apreldagi №207/AF-sonli buyrugʻida nazarda tutilgan vazifalar va chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan “Yuqumli kasalliklar” kafedrasi mudiri dotsent Yarmuxammedova boshchiligida kafedra dotsentlari M.K.Yarmuxammedova va A.O.Orziqulovlar tomonidan Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahar tibbiyot birlashmasiga otaliq yordamini koʻrsatish boʻyicha ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritasi” tadbirlari amalga oshirildi.

  Dastlab, aholini salomatligini mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish boʻyicha Kattaqoʻrgʻon tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan keng qamrovli davra suhbati oʻtkazildi va Kattaqoʻrgʻon shahar markaziy poliklinikasidagi bemorlarga konsultativ yordam koʻrsatildi.

  Soʻngra Kattaqoʻrgʻon tibbiyot birlashmasi “Yuqumli kasalliklar” boʻlimida davolanayotgan ogʻir bemorlar koʻrikdan oʻtkazildi. Barchasiga konsultatsiya koʻrinishida amaliy yordam koʻrsatildi.

  SamDTU malakali xodimlari tomonidan viloyatni turli mintaqalarida tibbiy koʻriklar va mahorat darslari oʻtkazilishi davom etmoqda.






SamDTU matbuot xizmati