Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Universitetni “Quvnoqlar va zukkolar” jamoalari viloyat tumanlarida

  Samarqand davlat tibbiyot universitetini iqtidorli talaba-yoshlaridan iborat boʻlgan “Quvnoqlar va zukkolar” jamoalari yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand viloyati olis hududlaridan hisoblanadigan Paxtachi tumanidagi mahallalarida boʻldilar.

  Shunday uchrashuvlarni davom etib “Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya” fakultetini “Quvnoqlar va zukkolar” jamoasi vakillari Paxtachi tumani Joxonobod, Istiqlol, Boʻston, Bodoy, Mirkan mahallalari, “Stomatologiya” fakultetini “Quvnoqlar va zukkolar” jamoasi tumanni “Mojar”, “Kirgili”, “Gulobod”, “Naxripay”, “Nurafshon” mahallalari yoshlari bilan uchrashuvlarda ishtirok etdilar.

  Uchrashuvlarda Universitetimiz tarixi va bugungi hayoti, tayyorlangan sahna koʻrinishlari hamda yoshlar hayotiga bagʻishlangan dasturlarini namoyish qildilar. Uchrashuvlar koʻtarinki ruhda oʻtib, qiziqarli bahs munozaralar hamda savol javoblarga boy boʻldi. Barcha ishtirokchilarning oʻz iqtidorlarini namoyon etishlari, bilimlarini mustahkamlashlari va oʻqishlarini davom ettirishlari uchun yanada qiziqish uygʻotib va motivatsiya boʻlib, tuman yoshlarida katta taʼsirotlar qoldirdi.




SamDTU matbuot xizmati