Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

​Akademik mobillik doirasida SamDTUda xorijlik olimlarni mahorat darslari

  Xorijlik hamkorlar bilan imzolangan koʻplab kelishuvlar asosida, hozirgi kunda Samarqand davlat tibbiyot universitetida akademik mobillik dasturlari boʻyicha xorijlik hamkasblarimizni kelib oliygoh talabalariga reja asosida dars oʻtishlari muntazam ravishda yoʻlga qoʻyilgan.

  2022 yil 27 may kuni Tibbiy pedagogika va oliy hamshiralik ishi fakulteti “Fizika, biofizika va tibbiy fizika” kafedrasida akademik mobillik doirasida Rossiyani bioinformatika instituti ilmiy xodimi, PhD Aleksandr Ilin tomonidan Xalqaro taʼlim fakulteti talabalariga ingliz tilida “Tibbiyotda biofizikani fani”, “IT texnologiyalarni roli va hozirgi globallashuv davrida zamonaviy texnologiyalarni oʻrni”ga bagʻishlangan qiziqarli mahorat darsini oʻtkazdi.

  2022-yil 23-28 may kunlari Turkiyaning Sogʻlik bilimlari universiteti umumiy tibbiyot fakulteti, tibbiy farmakologiya kafedrasi xodimi-doktor Nurdan Tekin universitetimizning farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi xodimlari, magistr — rezidentlari va talabalarga “Dori vositalarini ishlab chiqarishning dolzarb masalalari” mavzusida seminar, maʼruza va amaliy mashgʻulotlarni olib bordi. Ushbu oʻtilgan darslar barcha professor-oʻqituvchilar va talabalarda katta taassurot qoldirdi.

  23-28-may kunlari Turkiyaning mazkur universiteti umumiy tibbiyot fakulteti, tez tibbiy yordam kafedrasi mudiri-doktor Oguzxan Bol anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi xodimlari, magistr — rezidentlari va talabalarga “Tez ketma-ketligidagi intubatsiya: nafas olish yoʻllarining oʻtkazuvchanligini nazorat qilishda eng samarali vosita” mavzusida seminar, kalendar-tematik reja asosida talabalarga maʼruza oʻqidi va amaliy mashgʻulotlarni olib bordi. Mashgʻulot yakunida qizgʻin bahs boʻlib oʻtdi va talabalar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

  Universitetga 20-21 may kunlari tashrif buyurgan RF Boshqir davlat tibbiyot universiteti “Falsafa” kafedrasi dotsenti Olesya Afanaseva “Ijtimoiy va gumanitar fanlar” kafedrasi Xalqaro taʼlim fakulteti stomatologiya yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalarga kalendar-tematik reja asosida “Filosofiya” fanidan maʼruza va seminar darslarini oʻtkazdi. Mehmon yangi oʻquv binoni moddiy-texnik bazasi, tarix muzeyi, oʻquv xonalari va laboratoriyalari bilan tanishib yaratilgan shart-sharoitlarga yuksak baholarni berdi.




SamDTU matbuot xizmati