Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

​Viloyat sogʻliqni saqlash rahbariyati universitet bitiruvchilari bilan uchrashdi

  23-aprel kuni Samarqand viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi rahbariyati boshchiligida shahar va tumanlar tibbiyot birlashmasi hamda viloyatdagi davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari 2021-2022 oʻquv yili Samarqand davlat tibbiyot universitetini bitiruvchilari bilan uchrashuv oʻtkazdilar.

  Uchrashuvni rektor Jasur Rizayev ochib berdilar va bitiruvchilarning mutaxassisliklari va ixtisosliklari, universitetda kadrlar tayyorlash sifatini koʻtarish boʻyicha qilinayotgan ishlar boʻyicha batafsil maʼlumot berdi.

  Samarqand viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari Suxrob Zayniyev soʻngi yillarda viloyatimizdagi tibbiyot muassasalarining moddiy texnik bazasini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar, yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, muassasalardagi mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqida batafsil maʼlumotlarni berdi. Sizlarga Prezidentimiz tomonidan beriladigan imtiyozlardan tashqari, shahar va tumanlar hokimlari tomonidan ham ishlash va joylarda munosib turmushni yaratish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib beriladi, — deya taʼkidladi maʼruzachi.

  Shuningdek, uchrashuvda viloyatdagi tibbiyot muassasalari, tuman tibbiyot birlashmalari rahbarlari bitiruvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida maʼlumot berib, ishga borganlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashni taʼkidladilar.

  Bitiruvchilar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javoblar qaytardi.





SamDTU matbuot xizmati