Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

M.F.Vladimirskiy nomidagi Moskva mintaqaviy ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif

  Akademik mobillik dasturlari doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor-oʻqituvchilaridan iborat delegatsiya M.F.Vladimirskiy nomidagi Moskva mintaqaviy ilmiy-tadqiqot institutiga (MONIKI, RF) tashrif buyurdi.

  Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari MONIKI vrachlar malakasini oshirish fakultetining “Ichki kasalliklar”, “Endokrinologiya”, “Patofiziologiya”, “Umumiy tibbiyot amaliyoti” kabi klinika va kafedralari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular simulyatsiya va akkreditatsiya markaziga, simulyatorlarda ishlash boʻyicha master-klassga va Stupino viloyat klinik shifoxonasining kattalar uchun tuman poliklinikasiga tashrif buyurishdi. Samarqand davlat tibbiyot universiteti xodimlari simulyatsiya markazi, davlat attestatsiya komissiyasining ish tartibi, oʻquv markazining ish tartibi bilan yaqindan tanishib, “Tadqiqotning rentgenologik usullari xavfsizligi” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanda ham ishtirok etdilar.

  Tashrif davomida Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Moskva viloyati ilmiy-tadqiqot klinik instituti oʻrtasida akademik mobillik boʻyicha hamkorlik qilish shartnomasi imzolandi. Ushbu hamkorlik memorandumiga asosan ilmiy tadqiqotlar olib borish va ilmiy maqolalarni birgalikda nashr etish; tibbiy taʼlimning barcha yoʻnalishlari boʻyicha tajriba almashish; qoʻshma ilmiy-amaliy tadbirlar, mahorat saboqlari, maʼruzalar va seminarlar oʻtkazish; ilmiy va taʼlim loyihalarida birgalikda ishtirok etish; qoʻshma oʻquv kurslari va boshqa taʼlim dasturlarini, shu jumladan onlayn rejimda, oʻtkazish; talabalar va oʻqituvchilarning amaliyot, malaka oshirish va boshqa taʼlim tadbirlarini tashkil etish koʻzda tutilgan.






SamDTU matbuot xizmati