Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar “axborot soatlari” doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida har haftaning payshanba kunida olib boriladi.

  Kafedramizda ma'naviyat uchun ma'ruzalar jadvali ishlab chiqilgan, tasdiqlangan va olib borilmoqda. Ma'naviyat soati mavzulari referatlar shaklida tayyorlanib, kafedrada saqlanadi. Har bir mavzu bo'yicha bayonnomalar tuziladi va tasdiqlanadi. Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha ma’sul PhD assisntent Nurillayev H.J. hisoblanadi.

Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-son TTJda Pediatriya fakulteti Xirurgik kasalliklar kafedrasi, va fakultet tyutorlari tomonidan tashkil qilingan Zakovat bo’yicha “Dekan kubogi” bahslari o`tkazildi.

  Samarqand davlat tibbiyyot universiteti Pediatriya fakulteti Xirurgik kasalliklar kafedrasi va fakultet tyutorlari tomonidan 1-son talabalar turar joyida Zakovat intelektual o’yini doirasida "Dekan kubogi" bahslari, Rassomchilik, Pazzandachilik va Shaxmat bo’yicha o’tkazildi. Tadbirni SamDTU rektori J.A. Rizayev va Pediatriya fakulteti dekani S.A.Karabayev ochib berdi va jamoalarga omad tiladi. Ko’tarinki ruhda davom etgan Zakovat bahslarida Fakultet talabalridan tuzilgan 60 nafar talaba bahslarni davom ettirishdi. Bahslarga boy bo’lgan o’yin natijasiga sovrindor talabalarga qimmatbaxo sovg`alar berildi.