Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Yangi O’zbekistonda yoshlarga e’tibor kundan-kun oshib bormoqda, imkoniyatlar yaratilmoqda va yoshlar uchun sharoitlar yaxshilanib bormoqda. Ushbu imkoniyatlardan Universitetimiz talabalari ham umumli foydalanishmoqda. Yurtimizda ma’naviy- ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu-tafakkuri hamda dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, yurtga muhabbat va Vatanga sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga e’tibor qaratilmoqda.

  Ta’kidlash kerakki, mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining ma’naviy va tarixiy qadriyatlari, buyuk ajdodlar merosi haqiqatdan ham jahon merosiga aylanib bormoqda. O‘zbek davlatining asl tarixini tiklash, milliy urf-odatlar, milliy madaniyatni tiklash bularning barchasi mustaqil O’zbekistonimiz xalqlarining yangi ma’naviy qiyofasidir. Ma’naviy qayta tug‘ilish masalasi davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. O‘zbekistonning mustaqil rivojlanishi yillarida odamlarning tafakkuri va dunyoqarashi o‘zgardi. Demokratik qadriyatlarni mustahkamlash, iqtisodiy va siyosiy hayotni liberallashtirish va jamiyatni yangilashda o‘z nuqtai-nazarini ko‘radigan yangi avlod shakllanmoqda.


  Universitetimiz miqyosida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida hamda kafedraning yoshlar tarbiyasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo’nalishida amalga oshiriladigan ishlar rejasi asosida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari o’tkazib kelinmoqda. Bugungi kundagi asosiy vazifa yosh avlodimizni bilim bilan boyishini ta’minlash, ularni ruhiy yuksaltirish, o‘zlariga bo‘lgan ishonchni, hayotlarini yaxshi tomonga o‘zgartirish qobiliyatiga ega bo‘lishida ko‘maklashishdan iborat.


  Tillar kafedrasida ma'naviy-ma'rifiy ishlar universitetning "Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma'rifat bo’limi” tomonidan tasdiqlangan reja asosida amalga oshiriladi. Haftaning har payshanba kuni talabalar bilan ma'naviyat soati o'tkaziladi. Ishning bu jihati juda muhim va ahamiyatlidir. Talabalar auditoriyasi bilan o'tkaziladigan bunday uchrashuvlarda biz odob-axloq, madaniyat, xulq-atvor me'yorlari haqida suhbatlashish bilan bir qatorda yurtimizda va butun olamda bir hafta ichida sodir bo'lgan yangiliklar, ma’naviy o’zgarishlar haqida yoshlarimizga yetkazishga harakat qilamiz.


  Tillar kafedrasida o’tkazilayotgan “ma’naviyat soat”larida o’qituvchilarimiz muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning turli tadbir va uchrashuvlaridagi nutqlari, farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tanishtirib boradilar, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzini oshirish, talabalar o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish, talabalarning bo'sh vaqtini samarali tashkil etish borasida ham keng ko’lamli ma'naviy va ma'rifiy ishlarni olib bormoqdalar.


  Tillar kafedrasida ma'naviy-ma'rifiy ishlari uchun mas'ul etib 2023-2024 o’quv yillarida Z.M.Maxmudov tayinlandi. 2018-2020 yillarda M.K.Beknazarova, 2020-2021 o’quv yilida D.S.Ibragimova, 2021-2022 o’quv yilida B.S.Sharipov, 2022-2023 o’quv yilida R.A.Qurbonova va M.B.Esanova kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlarini yuritishgan.


  Tillar kafedrasi shaxsiy tarkibi yoshlarni yurtga muhabbat, Vatanga sadoqat, vatanparvarlik tarbiyasi bo’yicha ham belgilangan reja va yuqori tashkilotlardan kelgan ko’rsatmalar asosida ijtimoiy–siyosiy ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

  Tillar kafedrasi professor-o’qituvchilari ham universitet miqyosida olib boriladigan tadbirlarda o’zlarining ta’lim tarbiyaga chaqiruvchi ma’ruzalari, fiklari va takliflari bilan faol ishtirok etib kelmoqda.

  Bu kabi amalga oshiralayotgan ishlardan tashqari, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rahbariyati tomonidan qo`yiladigan topshiriqlar ham o’z vaqtida bajarilmoqda.