×
Menu
Close Menu

​Universitetimiz talabalari xalqaro olimpiadada yuqori natijalarni qayd etdi

  Joriy yilning 16-22-fevral kunlari Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Morfologiya va jarrohlik” mavzusida talabalar va yosh olimlarning II xalqaro forumi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli anjuman tibbiyot sohasida tahsil olayotgan yoshlarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda tajriba almashishni kengaytirishga xizmat qildi.

  Forumda yurtimizning 10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari hamda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlaridan yetakchi universitet jamoalari ishtirok etdi.

  Jumladan xalqaro forum doirasidagi olimpiadada Samarqand davlat tibbiyot universitetining “Eskulap”  va “Skalpel” jarrohlik klublaridan 28 nafar talabalar abdominal xirurgiya, plastik jarrohlik, neyroxirurgiya, kardioxirurgiya, transplantologiya, anesteziologiya va reanimatsiya, akusherlik va ginekologiya, urologiya, otorinolaringologiya, travmatologiya kabi jarrohlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlarining nazariy va amaliy bilimlarini namoyish etishdi.

  Olimpiada yakuniy natijalari bo‘yicha universitetimiz talabalari 4 ta oltin, 7 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.


SamDTU Matbuot xizmati