Samarqand davlat tibbiyot universitetida sun’iy va emotsional intellekt asosida ingliz tilida erkin va ishonch bilan gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirish bo’yicha o’qituvchilar hamda talabalar ishtirokida workshop o’tkazildi.
Bo‘lib o‘tgan innovatsion workshop malakali mutaxassis Feruz Akbarov tomonidan olib borildi va unda ma’ruzachining AQSHda chop etilgan “The Art of Teaching: Let Your Teaching Voice Be Heard” nomli kitobi asosida sun’iy intellektga oid eng so‘nggi va qimmatli insaytlar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, generativ sun’iy intellekt orqali ingliz tilida gapirish ko’nikmalarini shakllantirish, undan faol foydalangan holda turli xil innovatsion loyihalar yaratish amaliy misollar bilan ishtirokchilarga namoyish etildi.







SamDTU Matbuot xizmati