×
Menu
Close Menu

School 21 Samarqand kampusida “Ochiq eshiklar kuni”

  Joriy yilning 24-fevral kuni School 21’ning Samarqanddagi kampusida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

  Mazkur tadbirda Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, t.f.d., professor Kubayev Aziz Saydolimovich hamda bir guruh talabalar ishtirok etdilar.

  Tadbir davomida IT sohasiga qiziqib, biroq faoliyatni nimadan boshlashni bilmayotgan talabalar uchun muhim ma’lumotlar taqdim etildi. Xususan, startap loyihalarini yaratish, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish tartibi hamda zamonaviy raqamli ko‘nikmalarni shakllantirish yo‘llari haqida tushunchalar berildi.

  Uchrashuv davomida quyidagi masalalar atroflicha yoritildi:

  • School 21’da ta’lim jarayonining tashkil etilishi;
  • “Hovuz” (intensiv saralash bosqichi) tizimining mohiyati;
  • O‘qishga kirish shartlari va bosqichlari;
  • Ta’lim jarayonida hamda uni muvaffaqiyatli yakunlagandan so‘ng yaratiladigan imkoniyatlar.

  Tadbir talabalarda IT va innovatsion loyihalarga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi hamda kelgusida o‘z startap g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish uchun muhim motivatsiya manbai bo‘ldi.


SamDTU Matubot xizmati