×
Menu
Close Menu

​"Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida uchrashuv o‘tkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Davolash ishi fakulteti talabalari bilan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy hamda profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. 

  Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshligi S.Boymurodov, universitet profilaktika inspektori O.Eshmuratov hamda boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

  Tadbirda yoshlarda sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, yot g‘oyalardan asrash, inson qadri va huquqlarining ustuvorligini ta’minlash masalalari yuzasidan batafsil tushunchalar berildi. Internet tarmoqlaridan oqilona foydalanish, ta’qiqlangan sayt va materiallardan ogoh bo‘lish borasida tushuntirishlar berildi.

  Shuningdek, tadbir davomida giyohvand hamda psixotrop dori vositalarining tarqalishini  olishga qaratilgan tushuntirish ishlari ham olib borildi.



SamDTU Matbuot xizmati